O‘zbekiston | 17:00 / 12.07.2025
955
5 daqiqa o‘qiladi

VALVOLINE – Konferensiya 2025: FIFA Jahon Chempionati, FORMULA 1, Gollandiyaga sayohat

VALVOLINE - Amerika brendi O‘zbekistondagi o‘z mijozlariga eng boy tarixga ega va dunyo miqyosidagi katta brend ekanini isbotladi

VALVOLINE O‘zbekiston bozorida nafaqat sifatli mahsulotlari bilan, balki faol mijozlar bilan aloqadorlik strategiyasi orqali ham o‘z mavqeini kuchaytirmoqda. Yaqinda distribyutorlik kompaniyasi tashabbusi bilan Samarqand, Qo‘qon va Toshkent shaharlarida o‘tkazilgan yirik taqdimotlar aynan shu yo‘nalishdagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi. Uchta konferensiyada jami 900 dan ortiq mijozlar — ustalar, servis markazlari va ehtiyot qismlar do‘konlari egalari ishtirok etishdi.

Tadbirga Gollandiya bosh ofisidan kelgan mutaxassislar VALVOLINE mahsulotlari, uning tarixi va texnologik ustunliklari haqida batafsil ma’lumot berib, ishtirokchilarning bevosita savollariga javob qaytarishdi.

VALVOLINE — FIFA 2026 Jahon Chempionatining rasmiy hamkori

Tadbir davomida mijozlarga VALVOLINE brendining xalqaro miqyosdagi yutuqlari ham tanishtirildi. Ulardan eng asosiylaridan biri — 2026 yil bo‘lib o‘tadigan FIFA Jahon Chempionatining rasmiy homiylaridan biri bo‘lishidir. Bu, o‘z navbatida, VALVOLINE’ning sport, texnologiya va ishonchga asoslangan global pozitsiyasini ko‘rsatadi.

Shu o‘rinda, kompaniya O‘zbekiston milliy terma jamoasini tarixiy yutuq — 34 yillik tanaffusdan so‘ng ilk bor jahon chempionatiga yo‘llanma olgani bilan tantanali tarzda tabrikladi. Maxsus tayyorlangan video tabrik lavhasi katta monitorlar orqali namoyish etilib, tadbir ishtirokchilarida faxr va quvonch uyg‘otdi.

Endilikda bu xalqaro darajadagi ishonch va sportdagi yetakchilik VALVOLINE mahsulotlari orqali O‘zbekiston bozorida ham namoyon bo‘lmoqda.

Formula 1 bilan hamkorlik — tezlik, chidamlilik va mukammallik timsoli

Shuningdek, VALVOLINE’ning Formula 1 poygalariga rasmiy texnik hamkorligi ham tadbirda alohida e’tirof etildi. Bu hamkorlik VALVOLINE mahsulotlarining nafaqat kundalik avtomobilsozlikda, balki eng yuqori tezlik va yuklama ostida ishlaydigan sport texnikasida ham ishonchli yechim ekanini ko‘rsatadi. Aynan mana shunday tajriba asosida ishlab chiqilgan moylar va texnik suyuqliklar endi O‘zbekiston ustalari xizmatida.

Aksiya va promo kampaniyalar — savdoni qo‘llab-quvvatlash vositasi

Konferensiya doirasida VALVOLINE O‘zbekistonda mijozlarga yanada yaqinlashish va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida olib borilayotgan marketing kampaniyalari haqida ham ma’lumot berildi. Aniqroq aytadigan bo‘lsak, halqimiz uchun qilingan aksiyada har bir VALVOLINE moyini xarid qilib maxsus promo-kodlarni telegram botimizga “@ValvolinePromoBot ” kiritgan iste’molchi o‘yin ishtirokchisiga aylanib shu yilning o‘zida ketma-ket ikkita, Gentra Chevrolet va BMW e46 kupe rusumidagi avtomobil va ko‘plab qimmatli sovg‘alar yutib olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Jumladan, taniqli mahalliy blogerlar bilan hamkorlikda yaratilayotgan kontent, savdo nuqtalari uchun promo materiallar, reklama vositalari va yirik aksiyalar haqida batafsil taqdimot o‘tkazildi.

Sovg‘alar, yutuqlar va ko‘tarinki kayfiyat

Tadbir so‘ngida ishtirokchilar o‘rtasida maxsus viktorina o‘yinlari tashkil etildi. Faol ishtirokchilar uchun esa VALVOLINE brendi tomonidan esdalik sovg‘alari va yutuqlar taqdim etildi. Jumladan har bir regionda, mehmonlar orasida bitta omadli mijozlimiz VALVOLINE’ning Gollandiyadagi zavodiga sayohat imkoniyatini qo‘lga kiritdi. Qolgan yutuq egalariga maishiy texnika va VALVOLINE brendi maxsulotlari hadya etildi. Bu qismlar tadbirga bayramona ruh bag‘ishlab, mehmonlar qalbida unutilmas taassurotlar qoldirdi.

VALVOLINE tomonidan tashkil etilgan bu yirik tadbirlar — bu shunchaki brend taqdimoti emas. Bu – ustalar, savdogarlar va butun avtomobil xizmatlari sohasi vakillari bildirgan ishonchlarining belgisi. Endilikda, VALVOLINE’ni faqat reklamalardan emas, balki bevosita tajriba orqali bilgan yuzlab ustalar ushbu global brendni ishonch bilan iste’molchiga tavsiya qilishmoqda.

Facebook: https://www.facebook.com/profile.php?id=61575939643747

Instagram: https://www.instagram.com/valvolineuzbekistan/

Telegram: https://t.me/LUBRIC_UZ

YouTube: https://www.youtube.com/@Valvolineuz

Reklama huquqi asosida