Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dog‘istonda 300 dan ortiq kishi suvdan zaharlandi
Dog‘istonning Magaramkent tumanida uch kun ichida 302 kishi, jumladan, 294 nafar bola zaharlanish alomatlari bilan shifokorlarga murojaat qildi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Foto: gorodbuynaksk / Telegram
Dog‘istonning Magaramkent tumanida uch kun ichida 302 kishi, jumladan, 294 nafar bola ichak infeksiyasi belgilari bilan shifokorlarga murojaat qilgan. Bu haqda respublika Sog‘liqni saqlash vazirligining Telegram-kanalida xabar berildi.
Mahalliy Rospotrebnadzor ma’lumotlariga ko‘ra, zaharlanish Magaramkentdan 14 kilometr uzoqlikdagi "Djyepelskiy" bulog‘i suvi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Shifokorlar qishloqlarda epidemiyaga qarshi tadbirlar o‘tkazmoqda. Vaziyat avvalroq Magaramkentga tashrif buyurgan Dog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari Yaroslav Glazov tomonidan nazoratga olingan.
Zaharlanish alomatlari bilan tuman markaziy shifoxonasiga yotqizilgan 3 nafar bemor chiqarilgan, 93 nafar bemor shifoxonada qolmoqda. Kasallik holatlari qayd etilgan aholi punktlari aholisiga ichimlik va ovqat tayyorlash uchun faqat shisha yoki qaynatilgan suvdan foydalanish tavsiya etildi, deya aniqlik kiritdi "Interfaks" agentligi.
Dog‘istonga suv dezinfeksiyasi uchun uch tonna natriy gipoxlorit yetkaziladi. 9 iyul kuni Rossiya Tergov qo‘mitasining mahalliy boshqarmasi tuman uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi direktori Renat Xolidovning hibsga olingani haqida xabar berdi. Unga nisbatan «xavfsizlik talablariga javob bermaydigan xizmatlar ko‘rsatish» moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid

11:49 / 12.07.2025
O‘zbekistonda aholining suvdan qancha qarzi borligi aytildi

10:19 / 12.07.2025
Xitoy O‘zbekistonda suv resursini tejash loyihalariga jalb etiladi

17:42 / 07.07.2025
Avstraliyalik ayol qarindoshlarini zaharli qo‘ziqorin bilan o‘ldirdi

11:14 / 16.06.2025