Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Daniya bosh vaziri: YeI 5 yil ichida qayta qurollanishi kerak
Rossiya tez orada YeI uchun «haqiqiy xavf» tug‘dirishi mumkin, shuning uchun Yevropa Ittifoqi va Ukraina 2030 yilgacha mudofaa sanoatini kuchaytirishi kerak, dedi Mette Frederiksen.

Foto: Jean-Christophe Verhaegen/AFP
O‘n yillik oxiriga borlib Rossiya Yevropa Ittifoqi uchun «haqiqiy xavf» tug‘dirishi mumkin, shuning uchun Yevropa va Ukraina besh yil ichida mudofaa sanoatini kuchaytirishi kerak, dedi Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen. 8 iyul, seshanba kuni u Daniyaning Yevropa Ittifoqi kengashiga olti oylik raisligi boshlanishi munosabati bilan Yevroparlamentda nutq so‘zladi.
Frederiksen Yevropa Ittifoqi so‘nggi 30 yil davomida mudofaa xarajatlarini qisqartirganidan afsus bildirdi. Siyosatchining fikricha, bu «katta xato» edi. Yevropa Ittifoqi Vladimir Putin yaqin orada Shimoliy Atlantika shartnomasining 5-moddasini «sinovdan o‘tkazish»ga urinib ko‘rishi mumkinligidan xavotirda — NATO a’zolaridan biriga qilingan hujum alyansning barcha a’zolariga qilingan hujum deb hisoblanadi.
«Yevropaning mudofaa sanoatini mustahkamlash mutlaq ustuvor vazifadir va biz kamida 2030 yilgacha o‘zimizni himoya qila olishimiz kerak», dedi Mette Frederiksen o‘z nutqida. «Yevropa hech qachon o‘zimizni himoya qila olmaydigan holatda qolmasligi kerak».
2030 yilgacha bo‘lgan davrda Yevropa mudofaasining tezkor tayyorgarligi to‘g‘risidagi «Oq kitob»da ta’kidlanishicha, Rossiya yaqin kelajakda Yevropa xavfsizligiga «asosiy tahdid» bo‘lib qoladi. Rossiya agressiyasi tahdidi oldida Yevropa komissiyasi «Tayyorlik-2030» nomli yangi xavfsizlik rejasini tayyorladi. Unda Yevropa Ittifoqi davlatlari kelasi besh yil ichida mudofaa uchun 1,25 trillion dollar sarflashi ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid

20:32
Yevropa komissiyasi Ukrainani qayta tiklash jamg‘armasi tashkil etilishini e’lon qildi

16:27
O‘zbekistonliklar tomonidan Shengen vizasi uchun topshirilgan arizalar soni oshgani ma’lum bo‘ldi

08:05
YeI Bolgariyaning yevroga o‘tishini yakuniy tarzda ma’qulladi

07:45