Texasda kuchli suv toshqini oqibatlari - fotosuratlar
32 kishi o‘limi tasdiqlangan, yozgi lagerdagi 20 dan ortiq qizning taqdiri noma’lum bo‘lib qolmoqda.
Texas shtatining markaziy qismida kuchli yomg‘irlar ortidan suv toshqini yuzaga keldi. 4 iyulga o‘tar kechasi va tongda hududga bir oylik normadagi yog‘in tushdi. Hant shahri hududida yuz yildan buyon kuzatilmagan yomg‘ir yog‘di, deb yozadi CNN. Daryoda suv sathi keskin ko‘tarilib, sohilbo‘yi hududlarni suv bosgan.
Mahalliy rasmiylarga ko‘ra, Kerr okrugida kamida 32 kishi halok bo‘lgan, shundan 14 nafari bolalar. Bolalarning yoshlari to‘g‘risida hozircha aniq ma’lumot yo‘q. Shuningdek, Guadalupe daryosi bo‘yidagi Hant shahrida Camp Mystic nomli xristianlarning yozgi lageriga dam olishga kelgan 27 qiz bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda, daryoda suv sathi ikki soat ichida olti metrga ko‘tarilgandi. Texas vitse-gubernatori Den Patrik qizlar haqida ma’lumot yo‘qligi fakti ular halok bo‘lganini anglatmasligini aytib o‘tgan.
Texasda keng ko‘lamli qidiruv-qutqaruv operatsiyasi boshlangan, jabrlangan hududlardan kamida 237 kishi evakuatsiya qilingan, ularning ko‘pchiligi vertolyotlarda olib ketilgan. Meteorologlarning prognozlariga ko‘ra, kuchli yomg‘irlar yog‘ishda davom etadi.
Quyida 4 iyul kuni Texasda olingan suratlar keltiriladi.

Eric Gay / AP / Scanpix / LETA

Michel Fortier / The San Antonio Express-News / AP / Scanpix / LETA

Eric Gay / AP / Scanpix / LETA

Eric Vryn / Getty Images

Eric Gay / AP / Scanpix / LETA

Christopher Lee / The San Antonio Express-News / AP / Scanpix / LETA

Josie Norris / San Antonio Express-News / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA

Eric Gay / AP / Scanpix / LETA

Eric Gay / AP / Scanpix / LETA
Mavzuga oid

17:44 / 05.07.2025
Texasda kutilmagan suv toshqinlari oqibatida ko‘plab odamlar halok bo‘ldi

13:11 / 05.06.2025
Nigeriyada suv toshqinlari oqibatida 500 dan ortiq kishi bedarak yo‘qoldi

14:57 / 19.05.2025
Argentinada suv toshqini tufayli 7500 dan ortiq kishi evakuatsiya qilindi

16:59 / 09.05.2025