Jamiyat | 15:21
2221
2 daqiqa o‘qiladi

Taxtaqoracha dovonida yana yong‘in chiqdi

Yong‘in 6 iyul kuni soat 00:20 larda boshlangan va oradan bir soat o‘tib o‘chirilgan. Hozirda yong‘in sababi va zarariga aniqlik kiritilmoqda.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Taxtaqoracha dovonida yuzaga kelgan yong‘in uch kundan beri jilovlanmagani aytilgan xabarlarga munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, 4 iyul soat 12:08 da Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani, «Qaynar» MFY hududidagi qir-adirlikda quruq o‘tlar yongani to‘g‘risida FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra voqea joyiga yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 13:00 da yetib borib, yong‘in soat 16:00 da o‘rab olingan va soat 17:00 da o‘chirilgan.

Ikkinchi holatda yong‘in 6 iyul kuni ushbu hududda soat 00:20 da sodir bo‘lgan.

Hodisa joyiga yong‘in-qutqaruv ekipajlari hodisa yetib borgan, yonayotgan qir-adirlikdagi yong‘in soat 01:20 da o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida hech kim tan jarohati olmagan. Yong‘in sababi va zarariga aniqlik kiritilmoqda.

«Aytish kerakki ushbu yong‘in 3 kundan buyon emas, balki ikki xil vaqtda boshqa-boshqa kunlarda sodir bo‘lgan», — deyiladi munosabatda.

O‘z navbatida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolar, bloger va ijtimoiy tarmoq administratorlaridan aholi orasida sarosima ko‘tarmaslik maqsadida noto‘g‘ri ma’lumot tarqatmaslikni so‘radi.

Mavzuga oid