Kiyev uchun qurol: AQSh Kongressi vaziyatga oydinlik kiritishni so‘ramoqda
Respublikachi Fitspatrik Oq uy va Mudofaa vazirligidan Pentagon Kiyevga qurol-yarog‘ yetkazib berishning bir qismini muzlatib qo‘ygani haqidagi xabarlarga oydinlik kiritish uchun brifing o‘tkazishni so‘radi.

Foto: AP
AQSh Kongressi Vakillar palatasi a’zosi Brayan Fitspatrik (Pensilvaniya shtatidan respublikachi) Oq uy va Mudofaa vazirligidan Pentagon Kiyevga qurol-yarog‘ yetkazib berishning bir qismini muzlatib qo‘ygani haqidagi xabarlar munosabati bilan vaziyatga oydinlik kiritish uchun favqulodda brifing o‘tkazishni rasman so‘radi. Fitspatrik o‘z maktubi nusxasini 2 iyul, chorshanba kuni ijtimoiy tarmoqda joylashtirdi.
Qonun chiqaruvchining so‘zlariga ko‘ra, u tegishli organlar qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar zaxiralarini o‘rganib chiqib, «Qo‘shma Shtatlar Ukrainani o‘z xalqini himoya qilish va ozodlik yo‘lida zudlik bilan zarur bo‘lgan resurslar bilan ta’minlashga to‘liq sodiq qolishini» ta’minlashiga umid qilmoqda.
Respublikachi Rossiya urush boshlanganidan beri eng yirik havo hujumini amalga oshirayotganini, bir hafta ichida Ukrainadagi tinch aholi obektlarini 500 dan ortiq o‘q-dorilar bilan o‘qqa tutganini eslatdi.
«Ukraina qo‘shinlari nafaqat o‘z vatanini himoya qilmoqda — ular ozodlikning oldingi saflarini ushlab turibdi. Ozodlik himoyasida yarim chora bo‘lishi mumkin emas. Biz har doimgidek tinchlikni kuch bilan himoya qilishimiz kerak», — deb yozadi siyosatchi.
Ayni vaqtda, Mudofaa vazirligi vakili Shon Parnell brifingda AQSh boshqa davlatlarga yordam ko‘rsatishda «o‘ziga zarar keltirmaslik» uchun Mudofaa vazirligi imkoniyatlarini qayta ko‘rib chiqayotganini aytdi.
Mavzuga oid

20:34 / 03.07.2025
Ukrainaning Harkiv shahrida soliqlar va yig‘imlar bekor qilindi

16:57 / 03.07.2025
AQSh nafaqat Ukrainaga, balki boshqa mamlakatlarga ham harbiy yordamni to‘xtatdi

16:00 / 03.07.2025
O‘n birinchisi. Kurskda Rossiyaning yana bir generali halok bo‘ldi

12:38 / 03.07.2025