Bali sohillari yaqinida parom cho‘kib ketdi
To‘rt kishi halok bo‘lib, o‘nlab kishilar bedarak yo‘qolgan.

Foto: Videodan kadr
Indoneziyaning Bali oroli sohillarida parom cho‘kib ketishi oqibatida kamida to‘rt kishi halok bo‘ldi, o‘nlab odamlar bedarak yo‘qoldi.
Mahalliy qutqaruvchilar ma’lumotlariga ko‘ra, chorshanba kuni kechqurun cho‘kib ketgan kema bortida jami 65 kishi – 53 nafar yo‘lovchi va ekipajning 12 a’zosi bo‘lgan.
Parom Sharqiy Yavadan Bali oroliga harakatlanayotgandi.
«23 kishi qutqarildi, to‘rt kishi halok bo‘ldi», – dedi AFP agentligiga Yava orolidagi Banyuvanga shahri politsiyasi boshlig‘i Ram Samtama Putra.
Halokat sabablari noma’lum.
Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea parom Yava orolidan jo‘nab ketganidan taxminan 25 daqiqa o‘tib sodir bo‘lgan.
Parom operatori mahalliy OAVga ma’lum qilishicha, halokatdan biroz oldin kema ekipaji dvigatelda nosozlik borligi haqida xabar bergan.
Ushbu yo‘nalish ko‘pincha Yava va Bali orollari o‘rtasida sayohat qiluvchi mahalliy aholi tomonidan foydalaniladi.
Parom bortida transport vositalari, jumladan, yuk mashinalari ham bor edi.
Mavzuga oid

18:00 / 26.06.2025
Toshkent – Bali yo‘nalishida birinchi to‘g‘ridan to‘g‘ri reys amalga oshirildi

01:03 / 06.06.2025
Balida sig‘imi 1 litrdan kichik suv idishlarni ishlab chiqarish taqiqlandi

23:18 / 02.05.2025
Balida blekaut yuzaga keldi

17:26 / 13.11.2024