O‘zbekiston | 13:53 / 02.07.2025
5418
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Bokuga yetib bordi

Davlat rahbarini Ozarboyjon bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Yaqub Ayubov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan Boku shahriga keldi.

Poytaxtdagi Haydar Aliyev nomidagi aeroportda davlat rahbarini Ozarboyjon bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Yaqub Ayubov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Oliy martabali mehmon sharafiga ikki davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.

Dasturga muvofiq, bugun Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig‘ilishi va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid