O‘zbekiston | 20:34 / 30.06.2025
1597
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda Euronews vakolatxonasi ochildi

Euronews - Yevropadagi 24 soatlik yangiliklar kanali bo‘lib, o‘n uch tilda jahon voqealari haqida video-yangiliklarni va audio sharhlarni namoyish etadi.

Foto: TIV

Dunyoning nufuzli ommaviy axborot vositalaridan biri Euronews Toshkent shahrida vakolatxonasini ochdi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri matbuot kotibi Ahror Burhonov xabar berdi.

«Bu muhim voqea O‘zbekistonning xalqaro maydondagi ochiqligi, hamkorlikka tayyorligi va ishonchli mamlakat sifatidagi mavqeini yana bir bor tasdiqlaydi», deyiladi xabarda.

Euronews — Yevropadagi 24 soatlik yangiliklar kanali bo‘lib, o‘n uch tilda jahon voqealari haqida video-yangiliklarni va audio sharhlarni namoyish etadi. 1993 yil 1 yanvarda Fransiyaning Lion shahrida tashkil etilgan. Dunyoning 150 dan ortiq davlatida faoliyat yuritadi.

Mavzuga oid