Germaniya Isroil bilan birga «kibergumbaz» yaratish rejasini e’lon qildi
«Kibergumbaz» yaratish rejasi beshta banddan iborat. Uning doirasida ikki mamlakatning kibermudofaa sohasidagi hamkorligini mustahkamlash ham ko‘zda tutilgan.

Foto: Eyal Warshavsky
Germaniya Isroil bilan hamkorlikda kibertadqiqotlar markazini tashkil etish hamda ikki mamlakat razvedka va kuch tuzilmalari o‘rtasida hamkorlikni chuqurlashtirish niyatida. Bu haqda Germaniya ichki ishlar vaziri Aleksandr Dobrindt ma’lum qildi, deb yozadi Bild gazetasi.
Tel-Aviv yaqinidagi Bat-Yam shahriga tashrif buyurgan Dobrindt Germaniyaning kibermudofaa strategiyasi doirasida mamlakatda «kibergumbaz» yaratish bo‘yicha beshta banddan iborat rejasini taqdim etdi.
Reja ikki mamlakatning kibermudofaa sohasidagi hamkorligini mustahkamlash, fuqarolik himoyasi va ogohlantirish tizimini kuchaytirish, razvedka xizmatlari hamkorligini kengaytirish va Germaniya—Isroil kibertadqiqotlar markazini yaratishni o‘z ichiga oladi, shuningdek, Germaniya dronlarga qarshi himoya potensialini kuchaytirishi kerakligini nazarda tutadi.
«Xavfsizlik masalalarida burilish nuqtasiga erishish uchun faqat harbiy mudofaa yetarli emas. Umumiy mudofaa qobiliyatini oshirish uchun fuqarolik mudofaasini ham sezilarli darajada kuchaytirish kerak», — deydi Dobrindt.
Gazetaning ta’kidlashicha, yangi kansler Fridrix Mers tomonidan tayinlangan Dobrint Germaniya hukumatining Eron bilan urushdan keyin Isroilga tashrif buyurgan birinchi vakiliga aylandi.
Mavzuga oid

17:54
Netanyahu G‘azoda ustuvorlikni garovdagilarga qaratishni boshladi. Tramp Hamas bilan «bitim» talab qilmoqda

14:57
Vadeful: Rossiyaning Germaniya uchun xavfini e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak

13:00
Vadeful Kiyevga Ukrainani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish uchun keldi

12:02