Jahon | 10:10
2418
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Odessaga hujum qildi: er-xotin halok bo‘ldi, bolalar yaralandi

Rossiya Odessadagi ko‘p qavatli turar joy binosiga dronlar bilan zarba berdi, yong‘in kelib chiqdi. Ikki kishi halok bo‘ldi, kamida olti kishi yaralandi, jumladan, ikki bola.

Foto: Efrem Lukatsky/AP Photo/picture alliance

Rossiya qo‘shinlari Ukrainaning Odessa shahriga 28 iyun, shanbaga o‘tar kechasi hujumkor dronlari bilan hujum qildi. Rossiyaning zarbasi natijasida er-xotin halok bo‘ldi, dedi Odessa VHM rahbari Oleg Kiper. «Qutqaruvchilar turar joy binosiga dushman dronining zarbasi natijasida halok bo‘lgan er-xotinning jasadini vayronalar ostidan olib chiqdi», — deb yozdi Kiper o‘zining Telegram-kanalida.

Yana olti kishi, jumladan, ikki bola jarohat oldi — «o‘rtacha og‘irlikdagi 7 yoshli bola va yonish mahsulotlaridan zaharlangan uch yoshli bola», dedi Odessa VHM rahbari.

Ukraina Favqulodda vaziyatlar davlat xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyaning uchuvchisiz uchoqlari 21 qavatli turar joy binosiga urilgani oqibatida 7-, 8- va 9-qavatlarda yong‘in kelib chiqqan. Odamlar kvartiralarida qamalib qolgan. Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda, deyiladi xabarda.

Mavzuga oid