Sport | 19:50 / 28.06.2025
9519
8 daqiqa o‘qiladi

Bobur Abduxoliqov va Gulruxbegim Tohirjonova davlat mukofoti bilan taqdirlandi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasining jahon chempionatiga chiqishiga golli uzatma bilan hissa qo‘shgan, ammo dastlabki mukofotlanganlar ro‘yxatiga kirmay qolgan hujumchi Bobur Abduxoliqov 30 iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandi. Mukofotlangan ro‘yxatidan shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston ayollar jamoasi a’zosi Gulruhbegim Tohirjonova ham o‘rin oldi.

Bobur Abduxoliqov va Gulruhbegim Tohirjonova

O‘zbekiston prezidenti Yoshlar kuni munosabati bilan faol va tashabbuskor yosh avlod vakillaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida farmon imzoladi.

Farmon bilan “Kelajak bunyodkori” bilan taqdirlanganlar orasida futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi a’zosi Bobur Abduxoliqov hamda shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston ayollar jamoasi a’zosi Gulruxbegim Tohirjonova ham bor.

Bobur Abduxoliqov O‘zbekistonning ilk marta jahon chempionatiga chiqishiga hissa qo‘shgan, ammo shu munosabat bilan davlat mukofoti berilgan jamoa a’zolari qatoriga kirmay qolgan edi.

Xalqaro grossmeyster Gulruxbegim Tohirjonova 2020 yilda, 21 yoshida O‘zbekiston shaxmat federatsiyasidagi «adolatsizliklar» sabab AQShga ko‘chib ketgan va to‘rt yil davomida ushbu mamlakat nomidan dona surib, 2025 yil boshida O‘zbekiston milliy jamoasiga qaytgandi. U oxirgi ikkita Olimpiada davomida AQSh va O‘zbekiston o‘zaro duch kelganda o‘z hamyurtlariga qarshi dona surishdan bosh tortgandi.

Ushbu farmonga asosan, turli sohalarda ta’lim olayotgan va mehnat faoliyatini olib borayotgan bir guruh yoshlar – o‘zining yuksak azm-u shijoati, ijodiy va intellektual salohiyati, iste’dod va qobiliyatini namoyon etib, halol va samarali mehnati, turli sohalarda erishgan yutuqlari bilan yurtimiz taraqqiyotiga, uning xalqaro obro‘-e’tiborini yanada yuksaltirishga munosib hissa qo‘shayotgan, ona Vatanimizga mehri va sadoqati, namunali xulqi va odobi hamda vatanparvarlik fazilatlari bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgani uchun taqdirlandi.

“Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotlanganlar ro‘yxati:

Abdug‘aniyeva Nodira Abdunazar qizi – Qoraqalpoq davlat universitetining 1-bosqich magistranti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Ismoilov Jamshidbek Rashid o‘g‘li – To‘rtko‘l tumanidagi «Navoiy» mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlar yetakchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Ibrohimova Rayyona Nodirbek qizi – Andijon shahridagi 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi, Andijon viloyati

Rejavaliyev Jamshidbek Jasurbek o‘g‘li – Andijon shahridagi «Wester Group RJ» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Andijon viloyati

Dehqonova Ruhshona Shuhrat qizi – Buxoro davlat pedagogika institutining 1-bosqich talabasi, Buxoro viloyati

To‘qsonov Parviz Abdurahimovich – Buxoro shahridagi «Phoenix Academy» o‘quv markazining SAT imtihoni bo‘yicha tayyorlovchi-mutaxassisi, Buxoro viloyati

Odilova Farzona Alisher qizi – Jizzax shahri yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i, Jizzax viloyati

Turdiboyev Akbar Ikrom o‘g‘li – Do‘stlik tumanidagi «Wegroww Tech» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Jizzax viloyati

Jalilov Abdikarimbek Abdixalil o‘g‘li – «Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi» mas’uliyati cheklangan jamiyatining loyihalar ofisi guruhi mutaxassisi, Qashqadaryo viloyati

Xodiyeva Sitora Shoxabbos qizi – Qarshi davlat texnika universitetining tayanch doktoranti, Qashqadaryo viloyati

Aslonov Abror Burxonovich – «Navoiyazot» aksiyadorlik jamiyatining ammiak ishlab chiqarish sexi smena katta ustasi, Navoiy viloyati

Maksyutova Alina Xurshidovna – Navoiy shahridagi 6-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi, Navoiy viloyati

Ahmadaliyeva Niholaxon Foziljon qizi – Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining xalqaro moliya kafedrasi katta o‘qituvchisi, Namangan viloyati

Mamadaliyev Zahiriddin Sayfiddin o‘g‘li – Namangan shahridagi «Nightmare Labs» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Namangan viloyati

Qudratov Shohrux Odil o‘g‘li – Samarqand shahridagi «Polyglot school» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Samarqand viloyati

Salimova Mahbuba Xidirboy qizi – Samarqand davlat universitetining 1-bosqich magistranti, Samarqand viloyati

Abdualimov Alisher Samandar o‘g‘li – Sirdaryo tumanidagi «Sir uni xizmati» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Sirdaryo viloyati

Jo‘raboyeva Ziyoda Olimjon qizi – Guliston tumanidagi «Ozodbek tuhfasi» fermer xo‘jaligi mexanizatori, Sirdaryo viloyati

Ismatov Shahzod Baxtiyor o‘g‘li – Termiz shahridagi 14-umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Surxondaryo viloyati

Hakimjonova Sitoraxon Abduqahhor qizi – Sariosiyo tumanidagi «Sitora Profession» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Surxondaryo viloyati

Mamatqulov Qahramon O‘ktam o‘g‘li – Bekobod shahridagi «Ibrat xos obod» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent viloyati

Sodiqova Feruza Ravshanbek qizi – Toshkent viloyati yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining taekvondo bo‘yicha murabbiysi

Mahmudov Saidahmadxon Saidahrorxon o‘g‘li – Marg‘ilon shahridagi «Textile Group and Gold» xususiy korxonasi rahbari, Farg‘ona viloyati

Nabiyeva Sabina Sherzod qizi – Amerika Qo‘shma Shtatlarining Arizona universiteti 3-bosqich talabasi, Farg‘ona viloyati

Ochilova Maftuna Omonjon qizi – Urganch shahridagi «Nurli hayot» mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlar yetakchisi, Xorazm viloyati

Yusupov Dilshodbek Ulug‘bekovich – Urganch shahridagi «Diip logistech» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Xorazm viloyati

Quryozova Shohsanam Ozodboy qizi – Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining 2-bosqich talabasi, Toshkent shahri

Xaliqov Sherzod Yokubjonovich – Yashnobod tumanidagi 30-Mehribonlik uyi tarbiyachisi, Toshkent shahri

Abduxoliqov Bobur Alisher o‘g‘li – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Bo‘tayeva Gulasal Toshqul qizi – Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetining 2-bosqich talabasi

G‘oyibova Orzugul Umarovna – «Ibrat farzandlari» nodavlat notijorat tashkiloti eksperti, «TOP-100 Uni» loyihasi rahbari

Isroilova Aziza Ilhom qizi – «EPAM Systems» kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi ma’lumot tahlilchisi, dasturchi

Qambarov Asror Avazovich – «Uzbekistan airways» aksiyadorlik jamiyatining Parvoz xizmati departamenti «A-320» havo kemasi uchuvchisi

Muxtorov Sardorbek Nuroli o‘g‘li – «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining «O‘zbekiston» lokomotiv deposi «Afrosiyob» yuqori tezyurar elektropoyezdi mashinisti

Sabirov Narimon Ruslanovich – Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining endoskopiya bo‘limi shifokor-endoskopisti

Soipova Fotima Dilshod qizi – Velosport bo‘yicha O‘zbekiston milliy paralimpiya terma jamoasi a’zosi

Tohirjonova Gulruxbegim Alisher qizi – Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi a’zosi

Mavzuga oid