Xiaomi kompaniyasi YU7 elektr yo‘ltanlamasini taqdim qildi
Oldindan buyurtmalar sonining ko‘pligi tufayli kompaniya aksiyalari qiymati ham oshdi.

Foto: Xiaomi
Xiaomi kompaniyasi o‘zining ikkinchi elektromobili - YU7 yo‘ltanlamasini taqdim qilgach, Hongkong birjasidagi aksiyalari qiymati 8 foizga oshdi. Bunga elektromobilga oldindan berilgan buyurtmalar sonining rekord darajada ko‘pligi sabab bo‘lgan, deb yozdi Bloomberg.
26 iyun kuni Xiaomi o‘zining YU7 elektr yo‘ltanlamas avtomobilini taqdim etdi, uning narxi 253500 yuan (35360 dollar). Bu korporatsiyaning Xitoy bozoridagi ikkinchi elektromobili bo‘lib, unga o‘rnatilgan haydovchiga yordam berish texnologiyasi ham katta qiziqish uyg‘otgan.
Savdo jarayoni ochilganidan keyingi birinchi soatda Xiaomi YU7 uchun kutilmaganda katta miqdordagi buyurtma tushdi – qariyb 290 mingta.
Xiaomi YU7 Xitoy bozorida Tesla Model Y raqobatchisi deb e’lon qilindi. Xiaomi asoschisi Ley Jun taqdimot davomida ushbu ikki modelni to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqqosladi, xuddi bir vaqtlar Mi smartfonlarini iPhone bilan taqqoslaganidek.
YU7 narxi Model Y narxidan biroz pastroq bo‘lib, unga iste’molchilar talabi tahlilchilar va bozor kutilmalaridan sezilarli darajada yuqori ekani ta’kidlanmoqda. Bu esa Xiaomi kompaniyasiga Xitoyning premium avtomobil bozoridagi yetakchi mavqeini yanada mustahkamlash imkonini beradi.
Mart oyida Xiaomi Hongkong birjasida aksiyalarni joylashtirish chog‘ida 5,5 milliard dollar yig‘di. Kompaniya ushbu mablag‘larni o‘zining elektromobil biznesini rivojlantirishga yo‘naltirishni rejalashtirgan. Xiaomi, xususan, ishlab chiqarishni ko‘paytirish va Pekindagi zavodini kengaytirish niyatida.
Mavzuga oid

14:19 / 27.06.2025
AQSh va Xitoy savdo bitimini imzoladi

20:38 / 26.06.2025
Xitoylik olimlar infeksiyalarni davolovchi mikrorobot yaratdi

18:51 / 26.06.2025
Xitoy quyosh va shamol energiyasini rivojlantirish bo‘yicha rekord o‘rnatdi

14:58 / 25.06.2025