Pensiya yoshini oshirish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinmagan - Pensiya jamg‘armasi
Pensiya jamg‘armasiga ko‘ra, xalqaro ekspertlar tomonidan berilgan takliflarning O‘zbekiston sharoitiga mosligi, aholining turmush darajasiga ta’siri va iqtisodiy oqibatlari tahlil qilinyapti.

Foto: Kun.uz
Xalqaro valuta jamg‘armasi O‘zbekistonning amaldagi pensiya tizimini o‘rta muddatli davrda isloh etishni tavsiya qilgandi. Xususan, XVJ pensiya yoshini bosqichma-bosqich oshirishni taklif qilgan.
Pensiya jamg‘armasi mazkur holat bo‘yicha rasmiy munosabat bildirdi.
«Bugungi kunda O‘zbekistonda pensiya yoshini oshirish bo‘yicha hech qanday yakuniy qaror qabul qilinmagan.
Pensiya islohotini o‘tkazish bo‘yicha xalqaro ekspertlar tomonidan berilgan takliflar hozirda O‘zbekiston sharoitiga mosligi, aholining turmush darajasiga ta’siri va iqtisodiy oqibatlari tahlil qilinmoqda.
Pensiya tizimiga kiritiladigan har qanday o‘zgartirishlar, jumladan, pensiya yoshiga oid masalalar ham, albatta, keng jamoatchilik muhokamasidan so‘ng, xalq fikri va manfaatlarini inobatga olgan holda bosqichma-bosqich amalga oshiriladi», deyiladi Pensiya jamg‘armasi izohida.
Mavzuga oid

23:08 / 26.06.2025
XVJ daromad solig‘ini tabaqalashtirishga chaqirdi. Iqtisodchi bunga qarshi to‘rtta sabab keltirdi

14:05 / 25.06.2025
O‘zbekiston pensiya tizimi islohotga muhtoj - XVJ

14:40 / 20.06.2025
O‘zbekistonda tashqi qarz olish limitlariga rioya qilish kerak – XVJ

11:37 / 11.06.2025