Rossiya Xarkiv, Kupyansk va Zaporijjyaga hujum qildi
Rossiyaliklar Xarkivga uchuvchisiz uchoqlar va Kupyanskka aviabombalar bilan zarba berdi, jarohatlanganlar bor. Zaporijjyada raketa zarbalari natijasida turar joy binolari vayron bo‘ldi, odamlar jarohatlandi.

Foto: Telegram / synegubov
Rossiya qurolli kuchlari Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli urushni davom ettirib, Xarkivga uchuvchisiz uchoqlar bilan hujum qildi. «Dushman shaharga kamida yetti marta zarba berdi. Qurbonlar va zarbalar oqibatlari haqida ma’lumotlar aniqlashtirilmoqda», — dedi viloyat harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubov 25 iyun, chorshanba kuni ertalab.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Xarkivning Kiyev tumanidagi fuqarolik korxonasiga "Geran-2" dronlarining to‘rtta zarbasi, yana biri shaharning Shevchenko tumanida qayd etilgan, natijada uch qavatli bino yonib ketgan. 64 yoshli erkak tan jarohati oldi, unga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda, deb yozdi Sinegubov Telegramʼda.
O‘z navbatida, Xarkiv meri Igor Terexov Kiyev tumanidagi hech kim yashamaydigan turar joy binosiga zarar yetganini, o‘qqa tutish natijasida yong‘in chiqqanini ma’lum qildi. Bir kishi jarohatlangan, u kasalxonaga yotqizilgan. Vaziyat markaziga tayanib, Terexov shuningdek, kecha tunda Xarkivga yettita Shahed dronlari tomonidan hujum qilingani, barcha zarbalar shaharning Kiyev tumaniga — fuqarolik korxonasi va turar joy binosi yonida bo‘lganini yozgan.
Xarkiv VHM rahbari, shuningdek, Kupyanskka boshqariladigan aviabombalar (KAB) bilan zarba berilgani haqida xabar qildi. «KABning yerga urilgani natijasida to‘qqiz qavatli turar joy binosiga zarar yetgan. Besh nafar tinch aholi jarohatlangan. Ularga barcha zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda», — dedi u.
Bundan tashqari, rossiyaliklar Zaporijjyaga raketalar bilan hujum qildi, buning natijasida to‘qqizta turar joy binosi, xo‘jalik binolari va avtomobillar zarar ko‘rdi, dedi Zaporijjya VHM rahbari Ivan Fedorov. Uning so‘zlariga ko‘ra, shaharga to‘rt marta zarba berilgan, ikki kishi jarohatlangan — 31 va 35 yoshli erkaklar, ulardan biri o‘rtacha og‘irlikda kasalxonaga yotqizilgan.
Mavzuga oid

18:50
MDH ayrim davlatlari tarix darsligida Rossiyaga nisbatan salbiy munosabat bor – Rossiya ta’lim vaziri

17:45
Tramp Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy qilishga tayyor emas – Rubio

16:05
Ogoh bo‘ling! Taniqli shaxslar obrazi asosida Rossiya armiyasiga yollanishga chorlovchi dipfeyk videolar tarqalmoqda

14:53