Chinozdagi bozorda savdo rastalarida o‘g‘rilik sodir etganlar ushlandi
Toshkent viloyatining Chinoz tumanidagi dehqon bozorida sodir etilgan o‘g‘rilik fosh etildi.

Foto: IIBB
Viloyat IIBB xabar berishicha, 4 nafar shaxs savdo rastalaridan taxminiy narxi 5,2 mln so‘mlik qo‘l telefonlari va aksessuarlarni o‘g‘irlab, voqea joyidan yashiringan.
Tuman IIB xodimlari tomonidan ular qo‘lga olindi. Gumonlanuvchi shaxslar tomonidan o‘g‘irlangan buyumlar jabrlanuvchilarga qaytarilgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

14:28 / 24.06.2025
Elektr energiyasi, gaz va suvni o‘g‘irlaganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi

20:04 / 18.04.2025
Sirdaryoda bir necha o‘g‘rilik sodir etgan jinoiy guruh qo‘lga olindi

14:35 / 15.03.2025
Peruda pul o‘g‘irlagan maymun politsiya tomonidan qo‘lga olindi

16:29 / 06.03.2025