O‘zbekiston | 10:45
2881
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston janubida harorat 45 darajagacha ko‘tarilishi kutilyapti

Bugun, 23 iyun kuni kunduzi O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. 

Foto: Kun.uz

"O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat +35...+40, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda +42...+44 darajagacha bo‘ladi.

Poytaxtda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat +38...+40 daraja bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona viloyatining ayrim tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat +28...+33 daraja bo‘ladi.

Mavzuga oid