Jahon | 14:54
912
2 daqiqa o‘qiladi

Ispaniya bosh vaziri YaIMning 5 foizini mudofaaga sarflashga qarshi

Pedro Sanches NATO davlatlarining mamlakat yalpi ichki mahsulotining 5 foizini mudofaaga sarflash majburiyatiga qo‘shilishni istamayapti.

Foto: JAVIER SORIANO/AFP

Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches NATO davlatlarining mudofaa xarajatlarini YaIMning 5 foizigacha oshirish majburiyatiga qo‘shilishdan bosh tortdi, deb xabar berdi Reuters 19 iyun, payshanba kuni siyosatchining NATO bosh kotibi Mark Ryuttega yo‘llagan maktubiga tayanib.

Madrid 5 foizlik to‘siqni «farovonligimiz va dunyoqarashimizga» mos kelmaydi deb hisoblaydi, deya ma’lum qil Sanches. «5 foizlik maqsad bo‘yicha majburiyat nafaqat noo‘rin, balki samarasiz ham bo‘ladi», deb yozgan Ispaniya bosh vaziri. U yangi majburiyat «Yevropa Ittifoqining xavfsizlik va mudofaa tizimini mustahkamlash bo‘yicha davom etayotgan sa’y-harakatlariga» to‘sqinlik qiladi, deb hisoblaydi.

Siyosatchi NATOdan xarajatlar maqsadini ixtiyoriy qilib qo‘yadigan yoki Ispaniyani uni qo‘llashdan ozod qiladigan «ko‘proq moslashuvchan formula» talab qildi. Sanchesning so‘zlariga ko‘ra, Madrid Ispaniya armiyasining taxminiy investitsiya ehtiyojlarini qondirish uchun yalpi ichki mahsulotning 2,1 foizini sarflashni rejalashtirmoqda.

NATO bosh kotibi va Niderlandiya sobiq bosh vaziri Mark Ryutte Haagadagi NATO sammiti oldidan NATOga a’zo davlatlar mudofaa xarajatlari ulushini oshirishga qattiq urinmoqda. Uning taklifiga ko‘ra, 2032 yilga borib, NATO mamlakatlari yalpi ichki mahsulotining kamida 3,5 foizini mudofaaga va kamida 1,5 foizini mudofaa bilan bog‘liq infratuzilmaga sarflashini ko‘zda tutadi. Bu g‘oya allaqachon AQSh, Germaniya va Niderlandiya tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.

Mavzuga oid