O‘zbekiston | 10:55
3302
2 daqiqa o‘qiladi

7 ta OTM dunyoning eng yaxshi universitetlari ro‘yxatidan o‘rin oldi

O‘zbekistonning 7 ta oliy ta’lim muassasasi 19 iyun kuni e’lon qilingan QS World University Rankings 2026 natijalariga ko‘ra dunyoning eng yaxshi universitetlari ro‘yxatidan o‘rin oldi.

Foto: TIQXMMI matbuot xizmati

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bildirishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 5 ta universitetga ortib, O‘zbekiston ushbu reytingda ilk bor ishtirok etgan universitetlar soni bo‘yicha jahonning 9 ta mamlakati qatoridan joy oldi.

Reytingga kiritilgan OTM:

  • “TIQXMMI” milliy tadqiqot universiteti — 469-o‘rin (2025 yilda =547);
  • O‘zbekiston Milliy universiteti — 721–730 (2025 yilda 781-790);
  • Toshkent davlat texnika universiteti — 901–950 (ilk bor);
  • Samarqand davlat universiteti — 1001–1200 (ilk bor);
  • Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti — 1001–1200 (ilk bor);
  • Toshkent davlat transport universiteti — 1201–1400 (ilk bor);
  • Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — 1401+ (ilk bor).

Qayd etilishicha, O‘zbekistonning 4 ta oliygohi “Bitiruvchilar yutuqlari” indikatori bo‘yicha top-700 talikka kirgan:

  • Toshkent davlat texnika universiteti – 540-o‘rin;
  • O‘zbekiston Milliy universiteti – 545-o‘rin;
  • “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti – 644-o‘rin;
  • Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti – 660-o‘rin.

Xalqaro ekspertlar fikricha, O‘zbekiston universitetlarining QS reytingidagi faol o‘sishi — ta’lim sifati, xalqaro hamkorlik, innovatsion izlanishlar va raqobatbardoshlik yo‘nalishida olib borilayotgan tizimli islohotlar samarasidir. 

Mavzuga oid