Prezident Parkent tumanida «Parkensoy» turar joy massivi qurilishi bilan tanishdi
Davlat rahbari yangi xonadonlardagi sharoitlarni kirib ko‘rdi, parkentlik faollar bilan suhbatlashdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev aholi hayoti, hududlarning iqtisodiy rivoji va yangi loyihalar bilan tanishish maqsadida 18 iyun kuni Toshkent viloyatining Parkent tumaniga tashrif buyurdi.
Dastlabki manzil «Parkensoy» turar joy massivi bo‘ldi. Tuman markazidan oqib o‘tuvchi Parkensoy qirg‘og‘ida qurilayotgan ushbu massivni ekoshahar deyish mumkin. Uning umumiy maydoni 6 gektar bo‘lib, jami 5 ming 200 xonadonli 125 ta ko‘p qavatli turar joy quriladi.
Davlat rahbari mazkur yangi xonadonlardagi sharoitlarni kirib ko‘rdi.
Bu yerda, shuningdek, ikkita maktab, sakkizta bog‘cha, bolalar maydonchalari, 10 gektarlik park, sun’iy ko‘l, sayilgoh va veloyo‘laklar barpo qilinadi. 17 kilometr ichki yo‘llar ta’mirlanadi.
Davlat rahbari shu yerda tumanni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.
Bu boradagi muhim loyiha – «Baytqo‘rg‘on – Parkent» elektrlashtirilgan temir yo‘li. Hozir uning qurilishi jadal ketmoqda. Qariyb 24 kilometrlik bu yo‘l foydalanishga topshirilgach, Parkentdan poytaxtga borish uchun qulaylik yaratiladi. Unda kuniga 275 ming nafargacha yo‘lovchi tashilishi hisob-kitob qilingan.
Parkensoyni tartibga keltirish, qirg‘oqlarini mustahkamlash bo‘yicha ham ish olib borilmoqda. Birinchi bosqichda soyning 4 kilometr qismi to‘liq betonlashtirildi. Ikkinchi bosqichda Kumushkongacha bo‘lgan o‘zanlar tartibga keltirilib, ochiladigan 100 gektar yerda turizm obektlari tashkil etish rejalashtirilgan.
Prezident shu yerda parkentlik faollar bilan suhbatlashdi.
– Bizning eng katta boyligimiz yurtimiz tinchligi, xalqimizning osoyishtaligi. Tinchlik barqaror bo‘lsa, mana shunday bunyodkorlik bo‘ladi, rejalar amalga oshadi. Davlat tashkilotlarini safarbar qilib, imkoniyatlarni yuzaga chiqarib, hamma hududlarni rivojlantirishga harakat qilyapmiz. Parkentga ham istiqlol shabadasi, islohotlar natijasi yetib kelganini ko‘rib, xursand bo‘ldim. Xalqimiz mana shunday farovon sharoitda yashashga munosib, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Mavzuga oid

23:06 / 18.06.2025
Shavkat Mirziyoyev «Oltin bel» cho‘qqisidagi tog‘-chang‘i kurorti loyihasi bilan tanishdi

23:24 / 17.06.2025
To‘qayev Mirziyoyevni O‘zbekiston 2026 yilgi jahon chempionatiga chiqqani bilan tabrikladi

20:36 / 17.06.2025
Markaziy Osiyo davlatlari va Xitoy o‘rtasida Abadiy yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi

13:59 / 17.06.2025