Jamiyat | 11:17
774
1 daqiqa o‘qiladi

Ota-onasi xorijda yurgan 350 dan ziyod bolaga vasiy tayinlandi 

O‘zbekistonda 361 nafar ota-onasi chet davlatlarda yurgan voyaga yetmaganlarga vasiy va homiylar tayinlandi. 

Foto: Kun.uz 

Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti ma’lum qilishicha, “Dolzarb 90 kunlik” tadbirlari doirasida bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, ota-onasi chet davlatlarda bo‘lib turgan 361 nafar voyaga yetmagan bolaga vasiy va homiylar tayinlandi. Bu orqali ularning huquqiy va ijtimoiy muhofazasi ta’minlanishiga e’tibor qaratildi.

Joriy yilda respublika bo‘yicha jami 189 ta statsionar va 1 239 ta kunduzgi oromgohlarda 300 mingdan ziyod bolalarning dam olishini tashkil etish rejalashtirilgan. 15 iyun holatiga ko‘ra, 180 ta statsionar oromgohlarda 36 464 nafar bola qabul qilindi.

Bolalarni oromgohlarga xavfsiz yetkazish maqsadida 1 379 ta avtobus ajratilib, qariyb 500 nafar yo‘l-patrul xizmati xodimlari biriktirildi. Mazkur chora-tadbirlar yozgi ta’til davrida bolalarning xavfsizligi va mazmunli dam olishini ta’minlashga qaratilgan.

Mavzuga oid