O‘zbekiston | 09:01
1361
1 daqiqa o‘qiladi

Ko‘p qavatli uylarda elektrdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

"O‘zenergoinspeksiya" Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan nazorat tadbiri o‘tkazildi.

Foto: O‘zenergoinspeksiya

Unda, Buxoro shahar Abay ko‘chasida joylashgan «E.N.» xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati tomonidan xizmat ko‘rsatayotgan ko‘p qavatli turar joylarda o‘rnatilgan suv nasoslari va elektr qurilmalarini o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulab, elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, elektr ta’minoti korxonasiga 315 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Mavzuga oid