Sport | 16:32 / 13.06.2025
11018
2 daqiqa o‘qiladi

Bahodir Jalolovning navbatdagi jangi sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonlik bokschi AQShdagi boks oqshomida italiyalik sportchiga qarshi jang qiladi.

Foto: Instagram / toprank

Professional boksning superog‘ir vazn toifasida harakat qilayotgan o‘zbekistonlik ikki karra Olimpiada chempioni Bahodir Jalolov (15-0, 14 KO) o‘zining navbatdagi jangini joriy yilning 26 iyul kuni AQShda o‘tkazadi

“Madison Square Garden” arenasidagi boks kechasida Jalolovga italiyalik 36 yoshli Janmarko Kardillo (12-1-2, 2 KO) raqiblik qiladi.

Bahodir Jalolov professional boksdagi faoliyati davomida hozirgacha 15 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan. So‘nggi jangini 2025 yil 5 aprel kuni Ostona shahrida ukrainalik Igor Shevadzutskiyga qarshi o‘tkazib, ochkolar evaziga g‘alaba qozongandi. Bu Jalolov uchun professional boksdagi ilk to‘liq jang bo‘ldi. U bungacha barcha raqiblarini muddatidan avval nokaut bilan yutib kelgandi.

“Big Uzbek”ning bo‘lajak raqibi Janmarko Kardillo esa professional boksda 15 ta jang o‘tkazib, ularning 12 tasida g‘alaba qozongan. Bitta jangda mag‘lub bo‘lgan, yana ikkita jangida esa durang qayd etilgan.

Mavzuga oid