Jamiyat | 16:01 / 07.06.2025
9470
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Qahramoni Azim Latipov vafot etdi

«Azim Shofirkon yulduzi» fermer xo‘jaligi rahbari Azim Latipov mamlakatimizda fermerlik harakatini rivojlantirishda faolligini namoyon etgan.

Foto: Senat matbuot xizmati

Oliy Majlis Senati a’zosi, O‘zbekiston Qahramoni Azim Latipov 6 iyun kuni 74 yoshida vafot etdi.

Senat matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Azim Latipov uzoq yillar davomida xalq manfaatlari yo‘lida halol va fidokorona xizmat qilib, hurmat va e’tibor qozongan. O‘z hayoti va faoliyati bilan yoshlarga ibrat bo‘lgan.

«Azim Shofirkon yulduzi» fermer xo‘jaligi rahbari Azim Latipov mamlakatimizda fermerlik harakatini rivojlantirishda faolligini namoyon etgan. 2005–2019 yillarda Buxoro viloyatidan saylangan Oliy Majlis Senati a’zosi sifatida faoliyat olib borib, hududlar manfaatlarini qabul qilingan qonun va qarorlarda ifodalash hamda mahalliy muammolarni hal qilish ishlariga o‘zining munosib hissasini qo‘shgan», deyiladi ta’ziyada.

Azim Latipov mamlakat va xalq oldidagi xizmatlari uchun «O‘zbekiston Qahramoni» unvoniga sazovor bo‘lgan, «Shuhrat» medali bilan taqdirlangan.

Mavzuga oid