Ta’lim sifati past bo‘lgan maktablar ro‘yxati tasdiqlandi
Bunday maktablar Qashqadaryo, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida eng ko‘p qayd etilgan.

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri tomonidan O‘zbekistonda «ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan» maktablar ro‘yxati tasdiqlandi. Unga 460 ta maktab kiritildi. Bunday maktablarning eng ko‘pi — 99 tasi Qashqadaryo viloyatida joylashgan.
Ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablar soni quyidagicha:
- Qashqadaryo viloyati – 99 ta;
- Samarqand viloyatida — 86 ta;
- Surxondaryo viloyatida — 70 ta;
- Jizzax viloyatida — 36 ta;
- Namangan viloyatida — 34 ta;
- Sirdaryo viloyatida — 32 ta;
- Farg‘ona viloyatida — 29 ta;
- Qoraqalpog‘istonda — 24 ta;
- Andijon viloyatida — 23 ta;
- Navoiy viloyatida — 16 ta;
- Xorazm viloyatida — 9 ta;
- Buxoro viloyatida — 5 ta.
«Xalq ta’limi info» portali ma’lumotlarida keltirilishicha, 2023 yilda shunday maktablar ro‘yxatda 642 ta, 2024 yilda 545 ta edi. Bu yil ta’lim sifati past bo‘lgan maktablar soni 75 taga qisqargan.
Ta’lim sifati past bo‘lgan maktablarga boshqa hududlardan jalb etilgan o‘qituvchilarga ustama to‘lanadi.
Ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablar — Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan birgalikda shakllantiriladigan ro‘yxatga kiritilgan umumta’lim maktablaridir. Ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablar ro‘yxatini shakllantirish mezonlari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va inspeksiya tomonidan ishlab chiqiladi hamda tasdiqlanadi. Bunda maktab bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish natijalari, maktabning reytingi, «Zamonaviy maktab»ga qo‘yilgan talablar asosida baholash natijalari inobatga olinadi.
Mavzuga oid

17:41 / 15.05.2025
Ta’lim sohasi rahbarlarini ta’lim bilan bog‘liq bo‘lmagan majlislarga chaqirish taqiqlandi

17:38 / 15.05.2025
Bolalar kontentini rivojlantirish markazi tashkil qilindi

17:58 / 14.05.2025
Rossiyada migrant bolalarning 81 foizi rus tili imtihoniga kiritilmadi

18:08 / 10.05.2025