Kiyevning Istanbuldagi muzokaralar uchun takliflari ma’lum bo‘ldi
Reuters Ukrainaning Moskva bilan Istanbuldagi muzokaralari bo‘yicha tinchlik takliflarini e’lon qildi.

Foto: Francisco Seco/AP
Ukraina delegatsiyasi 2 iyun kuni Istanbulda bo‘lib o‘tadigan muzokaralarda Rossiya tomoniga taqdim etishni rejalashtirayotgan tinchlik takliflari matni ommaga e’lon qilindi. Reuters bu haqda 1 iyun, yakshanba kuni e’lon qildi.
Kiyevning fikricha, osmonda, quruqlikda va dengizda to‘liq va so‘zsiz o‘t ochishni to‘xtatish muloqot uchun zaruriy shart bo‘lishi kerak.
Ishonchni mustahkamlash uchun barcha noqonuniy ko‘chirilgan ukrainalik bolalarni so‘zsiz qaytarish, harbiy asirlarni «hamma uchun hamma» tamoyili asosida almashish va «Rossiya tomonidan garovga olingan barcha tinch aholini ozod qilish» kerak», deyiladi hujjatda.
Ukraina xalqaro hamjamiyatdan ishonchli xavfsizlik kafolatlarini olishi kerak, deya ta’kidlanadi matnda.
Kiyevni betaraflikka majburlamaslik kerak, deyiladi Ukraina tomonining takliflarida. U Yevroatlantika hamjamiyatining bir qismi bo‘lish-bo‘lmasligini va YeIga a’zo bo‘lish yo‘lini o‘zi tanlashi mumkin.
«Ukraina Qurolli kuchlarining soni, joylashtirilishi va boshqa parametrlari, shuningdek, Ukraina hududiga do‘st xorijiy davlatlar qo‘shinlarini joylashtirish bo‘yicha cheklovlar joriy etishga yo‘l qo‘yilmaydi», — deyiladi hujjatda.
Mavzuga oid

23:27 / 05.06.2025
Rossiyada ingliz tilidan IELTS imtihonini topshirganlarni qamash boshlanadi

20:36 / 05.06.2025
Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan bola O‘zbekistonga qaytarildi

19:52 / 05.06.2025
Foto: Xerson oblasti ma’muriyati binosi yakson etildi

19:32 / 05.06.2025