Milliy iqtisodiy hamkorlik uyushmasiga rais tayinlandi
O‘zbekiston Milliy iqtisodiy hamkorlik uyushmasi rahbariyati tayinlandi.

Foto: O‘zbekiston Milliy iqtisodiy hamkorlik uyushmasi
"Davlat boshqaruvi" kanali xabariga ko‘ra, Farrux Faxriddinovich Fazliyev O‘zbekiston Milliy iqtisodiy hamkorlik uyushmasi raisi lavozimiga tayinlandi.
Shuningdek, Gulbahor Bahodirovna Tojimirzayeva Milliy iqtisodiy hamkorlik uyushmasi raisi o‘rinbosari lavozimini egalladi.
Mirzamurod Zohidjonovich Dadajonov ham Milliy iqtisodiy hamkorlik uyushmasi rais o‘rinbosari etib tayinlandi.
Ma’lumot uchun, uyushma raisi lavozimini egallagan Farrux Fazliyev 1980 yil Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan, Samarqand davlat tibbiyot instituti, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.
U O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi Kadrlarni tayyorlash va o‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish ilmiy asosda tashkil etish bo‘limi boshlig‘i, qo‘mita Xalq iste’moli tovarlari ishlab chiqarish boshqarmasi boshlig‘i, qo‘mitaning O‘rmon mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksportni tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan.