Isroil askarlari G‘azoda yordam olishga yig‘ilganlarga qarata o‘t ochdi
Ochlik va blokada sharoitida falastinliklar hatto yordam tarqatish punktlarida ham nishonga aylanmoqda.

Foto: AP
Isroil askarlarining gumanitar yordam tarqatish punktida to‘plangan G‘azo aholisiga qarata o‘t ochishi oqibatida kamida 20 nafar falastinlik yaralangan, ulardan biri og‘ir ahvolda. Bu haqda Falastinning WAFA davlat agentligi xabar berdi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa sektorning markaziy qismidagi Dayr al-Baloh shahridagi Bureyj qochqinlar lageri yaqinida sodir bo‘lgan. Odamlar ocharchilik kuchayib borayotgan bir paytda oziq-ovqat olish umidida kelgan.
Isroil G‘azoga ommaviy hujumlarni davom ettirib, insonparvarlik yordami kirishini cheklab, gumanitar falokatni yanada kuchaytirmoqda. Oziq-ovqat yetishmasligiga qaramay, falastinliklar omon qolishga urinar ekan, tobora ko‘proq yordam punktlari nishoniga aylanmoqda.
Falastin hukumatining G‘azodagi matbuot bo‘limi avvalroq 26-28 may kunlari Isroil hujumlarida gumanitar markazlarga yo‘l olgan 10 nafar falastinlik halok bo‘lganini xabar qilgan edi.
Blokada davom etar ekan, Isroil gumanitar yordam yo‘llarini nazorat qilishga intilmoqda, bu oziq-ovqat tarqatish punktlarida tartibsizlik va zo‘ravonlikka olib kelyapti.
Mavzuga oid

15:05
Isroilning yordam tarqatish joylarini o‘qqa tutishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 52 kishiga yetdi

11:09 / 02.06.2025
Tramp maxsus vakili HAMASning AQShga javobini «mutlaqo qabul qilib bo‘lmas» deb atadi

10:17 / 02.06.2025
Mers Netanyahuni G‘azoga yordamni kuchaytirishga chaqirdi

08:15 / 02.06.2025