O‘zbekiston | 13:00 / 27.05.2025
765
2 daqiqa o‘qiladi

Qimmatli qog‘ozlar bozorida hiyla-nayrangning oldini olish qoidalari belgilandi

“Qimmatli qog‘ozlar bozorida hiyla-nayrangning oldini olish” qoidalari Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Foto: Sputnik / Vladimir Pesnya

Qoidalar qimmatli qog‘ozlar bozorida hiyla-nayrangning oldini olish va unga yo‘l qo‘ymaslik tartibini belgilaydi.

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi hisoblanadi.

Qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchisiga yolg‘on (chalg‘ituvchi) vaziyatlar yaratish, shu jumladan quyidagilar taqiqlanadi:

🔸 mulkdorning o‘zgarishiga olib kelmaydigan bitimni amalga oshirish;
🔸 yolg‘on yoki boshqa bozor ishtirokchilarini chalg‘itadigan har qanday ma’lumotlarni berish va tarqatish;
🔸 uchinchi shaxslarni qimmatli qog‘ozlarni manipulyatorlar uchun qulay narxda sotib olishga (sotishga) undash maqsadida narxlarini sun’iy ravishda oshirishga/pasaytirishga, soxta yoki chalg‘ituvchi faol savdo taassurotini uyg‘otishga qaratilgan harakatlarni sodir etish.

Qimmatli qog‘ozlar savdosining tashkilotchilari va boshqa ishtirokchilar hiyla-nayrang alomatlari mavjud bo‘lganda, bu haqda vakolatli organni bitim ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran 3 kun ichida xabardor qilishi shart.

Mavzuga oid