Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
Dehli shahrida O‘zbekiston va Hindiston oliy ta’lim muassasalari forumi o‘tkazildi.

Foto: iStock
Mamlakat elchixonasi va Hindistonning MD House kompaniyasi tomonidan 25 may kuni tashkil etilgan tadbirda ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari delegatsiyalari ishtirok etdi.
So‘nggi yillarda hindistonlik yoshlarning O‘zbekiston universitetlarida ta’lim olishga bo‘lgan qiziqishi ortib bormoqda. Mamlakat hayotining turli jabhalarida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, ta’lim tizimining xalqaro andozalarga uyg‘unligi, oliy bilim yurtlarida xorijlik yoshlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar, xususan, ular uchun ta’lim berish ingliz tilida olib borilayotgani va boshqa jozibador jihatlar bunga sabab bo‘lmoqda. O‘zbekistonda chet davlatlardan kelgan talabalar uchun qulay yashash sharoiti va xavfsiz muhit yaratilgani ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Forum doirasida O‘zbekiston va Hindiston universitetlari delegatsiyalari o‘zaro hamkorlikning yangi istiqbollarini muhokama qilishi, ular o‘rtasida anglashuv memorandumlari imzolanishi kutilgandi.
Shuningdek, O‘zbekiston vakillari yoshlarning xorijda ta’lim olishini tashkil qilish bilan shug‘ullanadigan yirik kompaniyalar bilan muzokaralar o‘tkazdi.
So‘nggi yillarda oliy ta’lim davlatlararo hamkorlikning samarali yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Xususan, bugungi kunda O‘zbekiston universitetlari va institutlarida 10 mingga yaqin hindistonlik yoshlar tahsil olmoqda. Bu ko‘rsatkich yildan yilga o‘sib bormoqda.
Mavzuga oid

11:45 / 29.05.2025
17 ta xorijiy kompaniya O‘zbekistonda ofisini ochishni rejalashtirmoqda

20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi

21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi

17:17 / 22.05.2025