Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Rossiya gidrometeorologiya sohasida mutaxassislarni tayyorlaydi
O‘zbekiston Bosh konsulxonaci xodimlari Rossiya davlat gidrometeorologiya universiteti (RDGMU) rektori Valeriy Mixeyev hamda ushbu oliy ta’lim muassasasida tahsil olayotgan vatandosh talabalar bilan uchrashdilar.

Foto: "Dunyo" AA
Rektor Valeriy Mixeyev bilan kechgan suhbatda Rossiyadan ta’lim grantlarini jalb qilish, birgalikda gidrometeorologiya sohasida mutaxassislarni tayyorlash va akademik almashinuvni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Diplomatlar RDGMUga tashrif davomida xorijiy talabalarning o‘qishi va bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi bo‘yicha yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdilar.
1930 yilda tashkil etilgan RDGMU Rossiyadagi yagona gidrometeorologiya sohasi bo‘yicha oliy ta’lim muassasasi sanaladi. Mazkur universitet O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati markazi, G‘ani Mavlonov nomidagi Seysmologiya instituti, "O‘zLITIneftegaz" AJ, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti va Samarqand davlat universiteti bilan hamkorlik bitimlarini imzolagan.
Hozirgi kunda ushbu universitetda O‘zbekistonning 183 nafar fuqarosi bakalavriat va magistratura dasturlarida tahsil olmoqda.
Mavzuga oid

23:38 / 12.07.2025
Putin Zelenskiy bilan faqat Ukraina taslim bo‘lgan taqdirdagina uchrashishga rozi bo‘ladi – Kislitsa

21:38 / 12.07.2025
Lavrov Shimoliy Koreyada Kim Chen In bilan uchrashdi

20:08 / 12.07.2025
Putin Eronga uranni boyitishni to‘liq to‘xtatishni taklif qildi – OAV

16:30 / 12.07.2025