Jamiyat | 17:00 / 22.05.2025
884
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

ANORBANK Jazoirda XSRIK bilan 10 million dollarlik moliyalashtirish bitimini tuzdi

ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi (XSRIK) bilan 10 million AQSh dollari miqdorida moliyalashtirish liniyasini jalb qilish to‘g‘risida bitim imzoladi.

Foto: Anorbank

ANORBANK Jazoirda o‘tkazilayotgan Islom taraqqiyot banki (ITB) guruhining yillik yig‘ilishlarida ishtirok etmoqda. Tadbirlar "Iqtisodiyotlarni diversifikatsiya qilish — hayotni boyitish" shiori ostida tashkil etilgan bo‘lib, islom moliyasi va barqaror rivojlanish sohasidagi eng muhim xalqaro platformalardan biri hisoblanadi.

Forum doirasida " ANORBANK " XSRIK bilan 10 million AQSh dollari miqdorida moliyalashtirish liniyasini taqdim etish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Moliyalashtirish Murobaha modeli asosida amalga oshiriladi va O‘zbekiston xususiy sektoridagi ijtimoiy ahamiyatga ega va iqtisodiy jihatdan samarali loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.

Ushbu kelishuv ANORBANK uchun xalqaro hamkorlikni kengaytirish, sifatli investitsiyalarni jalb qilish va islomiy moliyalashtirishni rivojlantirish bo‘yicha yangi imkoniyatlar ochadi. Bundan tashqari, tashabbus kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, mamlakatda investitsiya muhitini yaxshilashga xizmat qiladi.

ANORBANK global hamkorlik sari yana bir muhim qadam tashlab, xalqaro moliya maydonida o‘z mavqeini mustahkamlashda davom etmoqda.

Telefon: 1290

Veb-sayt: anorbank.uz

Facebook: fb.com/anorbank

Instagram: @anorbank

Telegram:  t.me/anorbank

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid