Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Sloveniyaga yetib bordi
Lyublyanadagi xalqaro aeroportda oliy martabali mehmon sharafiga ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.

Shavkat Mirziyoyev Sloveniya prezidenti Natasha Pirs Musarning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan Lyublyanaga bordi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Samolyot oldida davlat rahbarini bosh vazir o‘rinbosari — tashqi ishlar vaziri Tanya Fayon va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Yojye Puchnik nomidagi xalqaro aeroportda oliy martabali mehmon sharafiga ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.
Tashrif dasturiga muvofiq, O‘zbekiston yetakchisi Sloveniya prezidenti Natasha Pirs Musar bilan muzokaralar, mamlakat parlamenti va hukumati rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazadi, qo‘shma biznes forumida ishtirok etadi.
O‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy sheriklikni rivojlantirish, sanoat, farmatsevtika, elektrotexnika, «yashil» energetika, qishloq xo‘jaligi sohalarida kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish, mehnat migratsiyasi bo‘yicha hamkorlik va gumanitar aloqalarni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqiladi.
Mavzuga oid

21:46 / 21.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Vengriyaga tashrifini yakunlab, Sloveniyaga yo‘l oldi

19:00 / 21.05.2025
Shavkat Mirziyoyev OTP Group Boshqaruvi raisi Shandor Chani bilan uchrashdi

18:39 / 21.05.2025
Shavkat Mirziyoyev turk olimi Aziz Sanjarni Alisher Navoiy mukofoti bilan taqdirladi

17:07 / 21.05.2025