Parrandachilik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga soliq imtiyozlari berilmoqda
Prezident “O‘zbekistonning ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.

Foto: Kun.uz
Soliq kodeksiga kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, parrandachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik sub’yektlari 2030 yil 1 yanvarga qadar yer solig‘ini to‘lashdan ozod etildi.
Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi statsionar bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari 2027 yil 1 yanvarga qadar quyidagi soliqlarni to‘lashdan ozod etiladi:
• foyda solig‘i – bino va inshootlar, yer uchastkalarini ijaraga berishdan olingan daromadlar bo‘yicha;
• mol-mulk solig‘i va yer solig‘i – ijaraga berilgan obektlar va ular egallab turgan yer uchastkalari bo‘yicha.
Hujjat qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 17.05.2025 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid

13:49 / 24.03.2025
Malayziya O‘zbekistonda parrandachilik klasterini tashkil qilmoqchi

18:51 / 05.03.2025
Ko‘chmas mulkning bozor narxiga yaqin qiymatini aniqlash maqsadida ommaviy baholash o‘tkaziladi

13:20 / 15.02.2025
Parrandachilik bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar yer solig‘idan ozod etilishi mumkin

20:38 / 31.01.2025