Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Vengriyaga yetib bordi
O‘zbekiston yetakchisini Vengriya iqtisodiy rivojlanish vaziri Marton Nad va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanning taklifiga binoan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga rasmiy tashrif bilan Budapesht shahriga yetib bordi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Samolet oldida O‘zbekiston yetakchisini Vengriya iqtisodiy rivojlanish vaziri Marton Nad va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.


Ferens List nomidagi xalqaro aeroportda oliy martabali mehmon sharafiga ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.
Tashrif dasturiga muvofiq, 20 may kuni oliy darajadagi O‘zbekiston—Vengriya muzokaralari bo‘lib o‘tadi.


Davlat rahbari Vengriyaning rasmiylari va yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan ham uchrashuvlar o‘tkazadi.
O‘zbekiston prezidenti 21 may kuni Vengriya poytaxtida Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etadi.
Mavzuga oid

21:58 / 20.05.2025
O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasida kengaytirilgan strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatildi

20:47 / 20.05.2025
Shavkat Mirziyoyev va Viktor Orban tor doirada muzokara o‘tkazdi

15:07 / 20.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Vengriya ishbilarmonlari bilan uchrashdi

08:03 / 20.05.2025