Xitoy Surxondaryoda avtomobil zavodi qurishi mumkin
Xitoyning Dongfeng kompaniyasi Surxondaryo viloyatida zamonaviy avtomobil zavodi qurishni taklif qildi.

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi
Viloyat hokimligi ma’lum qilishicha. 17 may kuni viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Dongfeng Luizhou Motor kompaniyasi — Dongfeng Motor Group shu’ba korxonasining Sindao avtomobil tadqiqot instituti direktori o‘rinbosari Fu Xao boshchiligidagi delegatsiyasini qabul qildi.
Tomonlar loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini chuqur o‘rganish va uni amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qilish uchun mutaxassislar ishtirokida kengaytirilgan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazishga kelishib oldi.
Xitoy kompaniyasi elektr furgonlar, mini yuk mashinalari va ko‘p maqsadli transport vositalarining (MVP) bir nechta modellarini taqdim etgan.
Mavzuga oid

11:50
Germaniya TIV rahbari Xitoyni Moskvaga ta’sir o‘tkazishga chaqirdi

19:37 / 03.07.2025
Armaniston ShHT a’zosi bo‘lishga qaror qildi

11:49 / 03.07.2025
Kallas Xitoy kompaniyalarini urushda Rossiyaga yordam berishni to‘xtatishga chaqirdi

08:03 / 03.07.2025