Rossiya BAAga salkam 400 kg chuvalchang jo‘natdi
Yomg‘ir chuvalchanglari BAAga tuproq sifati va unumdorligini oshirish, biogumus ishlab chiqarish uchun kerak.

Foto: Rosselxoznadzor
Rossiyaning Sverdlovsk oblastidan Birlashgan Arab Amirliklariga 379 kilogramm tirik yomg‘ir chuvalchangi yuborildi. Bu haqda Rosselxoznadzorning mintaqaviy bo‘linmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, chuvalchanglar BAAga tuproq sifati va unumdorligini oshirish, biogumus ishlab chiqarish uchun kerak.
Chuvalchanglar organik chiqindilarni vermikompostga aylantiradi, uning tarkibida esa 1,5 foizgacha azot, 0,5 foiz fosfor va 0,5 foiz kaliy, shuningdek, o‘simliklar o‘sishi uchun zarur bo‘lgan mikroelementlar mavjud.
Ma’lumotlarga ko‘ra, chuvalchanglar Yekaterinburgdagi vermifermada (oziq-ovqat chiqindilarini o‘simliklar uchun maxsus o‘g‘it — biogumusga aylantirish uchun maxsus yopiq idishlar) ko‘paytirilgan. Yuk tegishli veterinariya hujjatlari bilan birgalikda jo‘natilgan.
Ta’kidlanishicha, yomg‘ir chuvalchanglarini ko‘paytirish — daromadli biznes yo‘nalish hisoblanadi. Ularni tirik holatda nafaqat qishloq xo‘jaligi maqsadlarida, balki baliqlar uchun ozuqa sifatida ham xarid qilishadi. Ayrim davlatlarda esa chuvalchanglardan farmatsevtika maqsadida foydalanadi.
Mavzuga oid

18:41 / 16.05.2025
Suriya Rossiyani Tartus portidan chiqarib yubordi va uni BAAga topshirdi

11:02 / 16.05.2025
Trampning BAAga tashrifi: 1,4 trillionlik va’da va AQSh tashqarisidagi eng yirik AI markazi

03:00 / 08.05.2025
Abu-Dabida Yaqin Sharqdagi birinchi «Disneylend» paydo bo‘ladi

19:01 / 07.05.2025