AQShda 2 yoshli bola 15-qavatdan tushib ketib, omon qoldi
Bola butalar ustiga tushgan va jarohat olgan. U shifoxonaga yotqizilgani aytilmoqda.

Foto: ABC News
AQShning Merilend shtatida ko‘p qavatli uyning 15-qavati balkonidan tushib ketgan 2 yoshli bola omon qoldi, deb xabar bermoqda ABC News.
Qayd etilishicha, bola butalar ustiga tushgan va jarohat olgan. U shifoxonaga yotqizilgan bo‘lib, uning ahvoliga oid boshqa tafsilotlar keltirilmagan.
Qutqaruvchilarga ko‘ra, balkon ostida o‘sgan butalar va tuproqning yumshoqligi, shuningdek, bola juda kichkina bo‘lgani va vazni ham yengilligi uning omon qolishiga xizmat qilgan.
Ma’lum qilinishicha, balkonga panjara emas, balki himoya oynasi o‘rnatilgan bo‘lgan. Hodisa yuz bergan vaqtda uyda yoshi katta insonlar ham bo‘lgani aytilmoqda.
Politsiya holat yuzasidan tergov harakatlarini olib bormoqda.
Avvalroq Xitoyda 9 yoshli maktab o‘quvchisi 25-qavatdan tushib ketib omon qolgani, uning bir nechta joyi singani ma’lum qilingandi. 2016 yilda esa Chechenistonning Shatoy tumanida 9 yoshli bola 170 metrlik jarga tushib ketib, bir shoxni ushlab olgancha omon qolgani to‘g‘risida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid

18:55 / 17.05.2025
Putin Ukrainaga oid AQSh tinchlik rejasini Uitkoff bilan muhokama qilishni istamadi

14:23 / 17.05.2025
AQSh Yevropadagi qo‘shinlari sonini kamaytirishni ko‘rib chiqmoqchi

13:56 / 17.05.2025
AQSh 1 million g‘azolikni Liviyaga ko‘chirish rejasini ishlab chiqmoqda - OAV

11:04 / 17.05.2025