O‘zbekiston | 10:37
1963
1 daqiqa o‘qiladi

Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash milliy markazi direktori tayinlandi

Muhiddin Xolmurodov Kadastr agentligi huzuridagi Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash milliy markaziga rahbar bo‘ldi. 

Foto: Kadastr agentligi

Muhiddin Xolmurodov Kadastr agentligi huzuridagi Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash milliy markazi direktori etib tayinlandi.

Agentlik xabariga ko‘ra, bu lavozimga tayinlangunga qadar u Iqtisodiyot va moliya vazirligi tizimida ishlagan.

Prezident qaroriga muvofiq, O‘zbekistonda ko‘chmas mulkni ommaviy baholash tizimi joriy etilmoqda. Shu maqsadda tegishli milliy markaz tashkil etildi. 

Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash tizimi bosqichma-bosqich amalga oshiriladi: 2025−2026 yillarda — tajriba tariqasida Toshkent shahrida, 2026−2027 yillarda — Nukus va viloyat markazlarida, 2027 yildan — boshqa hududlarda.

Mavzuga oid