Jahon | 21:37 / 14.05.2025
2467
2 daqiqa o‘qiladi

Quyoshda 2025 yildagi eng kuchli chaqnash yuz berdi

Chaqnash kuchi X2.7 ballga baholandi.

Foto: xras.ru

Quyoshda kuchli chaqnash sodir bo‘ldi, u joriy yildagi eng kuchlisidir, dedi Rossiya Fanlar akademiyasi Koinot tadqiqotlari instituti quyosh astronomiyasi laboratoriyasi rahbari Sergey Bogachyov.

Uning aytishicha, Quyoshda so‘nggi bir yarim oy ichida birinchi marta maksimal X sinfidagi chaqnash sodir bo‘lgan.

«Hozir Quyoshda X-sinfidagi ikkinchi chaqnash sodir bo‘ldi, uning kuchi X2.7 ball. Bu joriy yildagi eng yirik chaqnash», dedi Bogachyov.

Mutaxassisning aniqlik kiritishicha, chaqnash avvalgi hududlarda emas, balki qarama-qarshi tomonda sodir bo‘lgan. Olimning fikricha, bu yulduz miqyosidagi faollikning tizimli o‘sishidan dalolat berishi mumkin.

«Chaqnash hududi Quyosh-Yer chizig‘idan taxminan 70 daraja uzoqlikda joylashgan. Bu xavfsiz joy hisoblanadi, ammo katta massa otilishi sodir bo‘lgan taqdirda, sayyoraga zarba berilishi mumkin - taxminan juma kuni», dedi laboratoriya rahbari.

Quyosh chaqnashi radiatsiya kuchiga qarab beshta sinfga bo‘linadi - A, B, C, M va X. Keyingi harfga o‘tishda quvvat 10 barobar ortadi. Eng kam e’tiborga sazovor bo‘lgani A sinfidagi chaqnashdir.

Quyoshdagi chaqnashlar Yerda magnit bo‘ronlarini yuzaga keltiradi.

Mavzuga oid