O‘zbekiston | 17:00 / 13.05.2025
961
2 daqiqa o‘qiladi

Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda

Lahorga parvozlarni yo‘lga qo‘yganidan so‘ng, aviakompaniya Pokistonda yo‘nalishlar tarmog‘ini kengaytirmoqda. 14 iyundan boshlab Toshkent – Islomobod – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi. Aviachiptalar sotuvda.

Pokiston – Uzbekistan Airways parvozlar xaritasidagi birinchi xalqaro yo‘nalishlardan biri. Parvozlar vaqtincha to‘xtatilgandan so‘ng, ikki davlat o‘rtasidagi aviaqatnovlar 2024 yil noyabr oyida Lahorga parvozlar yo‘lga qo‘yilishi bilan qayta tiklandi.

Bugungi kunda Pokistonga parvozlar geografiyasi kengayib bormoqda. 14 iyundan boshlab Uzbekistan Airways Toshkent – Islomobod – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi. Yangi aviaqatnov O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi ishbilarmonlik, sayyohlik va madaniy almashinuvlar uchun yanada ko‘proq imkoniyatlar ochadi.

Parvozlar shanba kunlari quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi (mahalliy vaqt bilan). Bir tomonga aviachiptalar narxi 2 253 000 so‘mdan, ikki tomonga esa 4 676 000 so‘mdan boshlanadi.

• Toshkentdan jo‘nab ketish 08:50, Islomobodga yetib borish 10:50;

• Islomoboddan jo‘nab ketish 11:50, Toshkentga yetib kelish 13:50.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent – Lahor – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar haftaning chorshanba va juma kunlari amalga oshiriladi. Aviachiptalarni booking.uzairways.com sayti, Uzbekistan Airways ilovasi, Uzbekistan Airways Sales filiali va aviakompaniya agentlaridan xarid qiling. Uzbekistan Airways bilan qulay sayohat qiling va dunyoni kashf eting.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid