Jahon | 09:57
2248
2 daqiqa o‘qiladi

Tripolida qurolli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi

Liviya prezidentlik kengashi devoni rahbarining o‘ldirilishi poytaxtda qurolli to‘qnashuvlarga sabab bo‘ldi, deb xabar bermoqda Reuters. Tripolida favqulodda holat e’lon qilindi.

Foto: Hamza Turkia/Xinhua/picture alliance

Liviya prezidentlik kengashining xavfsizlik va barqarorlik boshqarmasi boshlig‘i Abdulg‘ani al-Kikli o‘ldirilgani xabar qilinganidan keyin Tripolining markazi va boshqa hududlarida qurolli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi. To‘qnashuvlar va otishmalar haqida 12 may, dushanba kuni Reuters agentligi xabar berdi.

Qurolli guruh shaharning aholi zich yashaydigan hududi — Abu Salimda joylashgan. Agentlik eslatishicha, prezident kengashi 2021 yilda Milliy birlik hukumati bilan birgalikda Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan qo‘llab-quvvatlangan jarayon orqali hokimiyat tepasiga kelgan.

Al Wasat Liviya telekanali xabariga ko‘ra, qurolli to‘qnashuvlarda 444-jangovar brigada ishtirok etgan - al-Kikli, ehtimol, uning shtabida o‘ldirilgan.

Ichki ishlar vazirligi aholini «o‘z xavfsizligi uchun» uyda qolishga chaqirdi. Tripoli universiteti rahbariyati Facebookʼda barcha fakultet, bo‘lim va idoralarda o‘qish, imtihon va ma’muriy ishlarni keyingi ogohlantirishgacha to‘xtatib qo‘yishini ma’lum qildi.

Mavzuga oid