Tramp prezident samolyotini almashtirishga qaror qildi
Boeing kompaniyasi ikkita yangi havo laynerini yetkazib berishni kechiktirgach, Tramp eski samolyotdan foydalanish haqida o‘ylamoqda.

Foto: AFP/Getty Images
AQSh prezidenti Donald Tramp yangi prezident samolyoti uchun muqobil variantlarni ko‘rib chiqmoqda, bosh pudratchi Boeing esa samolyotlarni yetkazib berishni kechiktirmoqda, deb yozdi The Wall Street Journal (WSJ) manbalarga tayanib.
Tramp birinchi prezidentlik davrida eskirgan Boeing 747 Air Force One o‘rniga ikkita yangi samolyotni buyurgan edi. Buyurtma bo‘yicha Boeing kompaniyasi 3,9 milliard dollarlik shartnomani yutib oldi.
Samolyotlar 2024 yilgacha tayyor bo‘lishi kerak edi, biroq yetkazib berish muddati birinchi samolyot uchun 2027 yilga, ikkinchisi uchun esa 2028 yilgacha surildi. Bu Tramp prezidentlik muddatining oxirgi yili hisoblanadi.
Boeing kompaniyasidan hafsalasi pir bo‘lgan Tramp L3Harris kompaniyasiga Qatar hukumati tomonidan foydalanilgan Boeing 747 samolyotini ta’mirlashni topshirdi, deb xabar berdi WSJ. Shu bilan birga, Boeing ikkita yangi samolyotni ishlab chiqarishda davom etadi. Biroq, kompaniya murakkab dizayn muammolari tufayli yangi prezident samolyotlarini 2035 yilgacha yetkazib bera olmaydi, deya xabar berdi gazeta manbalari.
Saylovda g‘alaba qozonganidan so‘ng, Tramp Boeing rahbarlari bilan bir qator muzokaralarni o‘tkazdi. Fevral oyida prezident eski Boeing samolyotini qayta jihozlab, birinchi raqamli bort sifatida foydalanishi mumkinligini aytdi. Shu bilan birga, u Airbus kompaniyasi samolyotlarini sotib olish imkoniyatini rad etdi, biroq boshqa xorij kompaniyasidan xarid qilish mumkinligini tan oldi.
Boeing so‘nggi yillarda katta inqirozlarga duch kelmoqda. Kompaniya obro‘siga o‘zi ishlab chiqargan fuqarolik avialaynerlaridagi nuqsonlar ham putur yetkazgan. Misol uchun, 2024 yil yanvarida Boeing 737 MAX 9 samolyotining eshigi uzilib tushdi va salonda bosim pasayib ketdi. Boeing tekshiruvni boshladi va bu modeldagi samolyotlarning bir qismi vaqtinchalik foydalanishdan chiqarildi. Shuningdek, kompaniya mijozlari ham sifatsiz qismlar yetkazib berilayotganidan shikoyat qilishgan edi.
Mavzuga oid

23:59 / 03.05.2025
AQSh Xalqaro kosmik stansiyani moliyalashtirishni qisqartiradi

22:42 / 03.05.2025
AQShda jismoniy shaxslar buyurtma qilgan xorijiy tovarlar uchun bojsiz rejim bekor qilindi

21:31 / 03.05.2025
2026 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi

21:09 / 03.05.2025