“O‘g‘limning o‘yinlarini umuman ko‘ra olmayman” – chempion futbolchining onasi
“Hali hayajondamiz. Biz kutmagan narsa bo‘ldi. Lekin ishonardik, chunki o‘g‘lim menga, albatta, kubokni olib kelamiz ona, deb va’da berib ketgandi”, - deydi Osiyo chempioni Sadriddin Hasanovning onasi Dilfuza Rahmatullayeva.

Futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi U-17 o‘yinlarida 9 ishtirokchi bilan Saudiya Arabistonini mag‘lub etgan O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi a’zolari Sadriddin Hasanov va Bahodir Izboskanov Toshkentdagi 138-maktabning 10-sinf o‘quvchilari. G‘alabadan so‘ng Chilonzor tuman hokimi Saidqahhor Xolxo‘jayev yosh chempionlar, maktab jamoasi, o‘quvchilarning ota-onalari bilan uchrashib, maktabdagi “Iqtidor burchagi”ga futbolchilarning suratlarini joylashtirdi.
Murabbiylar tomonidan chempion o‘smirlardan intervyu olmaslik tavsiya etilgani sababli Kun.uz muxbiri ularning ota-onalari bilan suhbatlashdi.
“Men o‘g‘limning o‘yinlarini umuman ko‘ra olmayman. Boshqa xonada o‘tiraman, faqat g‘alabasini Xudodan so‘rab o‘tiraman. Yutug‘ini, omadini so‘rab o‘tiraman. Keyin ikkinchi kuni qaytarib ko‘rsatganda o‘yinini ko‘raman.
Gol urganda, chempion bo‘lganda juda ham hayajonlandim. Hali ham hayajonlarimni yashirib olayotganim yo‘q. Hali hayajondamiz biz. Biz kutmagan narsa bo‘ldi. Lekin biz ishonardik, chunki o‘g‘lim menga, albatta, kubokni olib kelamiz ona, deb va’da berib ketgandi”, - deydi Sadriddin Hasanovning onasi Dilfuza Rahmatullayeva.
Mavzuga oid

19:24 / 02.07.2023
Yaponiya - Osiyo Kubogi U-17 chempioni

21:00 / 29.06.2023
Osiyo Kubogi U-17. O‘zbekiston yarimfinalda Janubiy Koreyaga yutqazdi

21:05 / 26.06.2023
Osiyo Kubogi U-17. O‘zbekiston chorakfinalda Saudiya Arabistonini mag‘lub etib, JCh yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

17:14 / 17.06.2023