Avstraliya Ukraina uchun Abrams tanklarini yetkazib berishni kechiktirdi
Bunga AQSh tomoni tanklarning Ukrainaga yuborilishiga hali rozilik bermagani sabab bo‘lmoqda. Avstraliya M1A1 Abrams tanklaridan shu paytgacha jangovar harakatlarda foydalanmagan.

Foto: Australian Defence Force
Avstraliya 49 ta M1A1 Abrams tanklarini uchinchi tomonga berish uchun ruxsat ololmayapti, shu bois zirhli texnikalarni Ukrainaga yuborish kechikmoqda, deb xabar beradi ABC telekanali.
Xalqaro qurol savdosi qoidalariga muvofiq, Amerika tomonidan ishlab chiqarilgan bu turdagi texnikalarni AQSh roziligisiz uchinchi tomonga berish mumkin emas. Telekanal Ukraina Qurolli kuchlariga (UQK) tanklarni yuborish bilan bog‘liq jarayonlardagi muammo haqida 2025 yil mart oyida xabar bergandi. O‘shanda ABC suhbatdoshi kechikishlarni AQSh prezidenti Donald Trampning Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatishni muzlatish to‘g‘risidagi qarori bilan bog‘lashgan edi.
Abrams partiyasi Avstraliyaning UQKni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha 2024 yil oktyabrdagi yordam paketiga kiritilgan. Ularning qiymati 245 million dollarni tashkil etadi. O‘shanda ushbu paketning bir qismiga aylangan tanklarning barchasi ham foydalanishga yaroqli emasligi va zarurat tug‘ilsa, ular ehtiyot qismlarga ajratilishi mumkinligi aytilgan edi.
Telekanal materialida M1A1 Abrams tanklari «eskirgan» deya ta’riflanadi. Uning asosiy kamchiligi — dronlar hujumiga bardoshli emasligi. Avstraliyada bu kabi texnikadan jami 59 ta bor. Ammo ular 2007 yilda yig‘ilganidan beri hech qachon jangovar harakatlarda foydalanilmagan. Hozirda Kanberra 120 millimetrli qurolga ega M1A2 modelidagi yangi 75 ta tank kelishini kutmoqda.
Mavzuga oid

21:02 / 28.04.2025
Avstraliyadagi radiostansiya yarim yil davomida SI-boshlovchidan foydalanib kelgani ma’lum bo‘ldi

01:16 / 24.04.2025
Avstraliyada yuzlab koalalar vertolyotdan turib o‘qqa tutildi

23:24 / 01.04.2025
Avstraliyada suv toshqinlari oqibatida 100 mingdan ortiq chorva nobud bo‘ldi

15:21 / 29.03.2025