Vashingtonda AQSh xavfsizlik vaziri o‘g‘rilik qurboni bo‘ldi

Foto: News Front
Yakshanba kuni kechqurun Vashington shahri markazida joylashgan restoranda tushlik vaqtida AQShning ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noem o‘g‘rilik qurboniga aylandi, deb yozadi ABC News.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar manbasining xabar berishicha, vazir xavfsizligini ta’minlovchi Maxfiy xizmat restorandagi kuzatuv kameralari yozuvini ko‘rib chiqqan va tibbiy niqob taqib olgan noma’lum oq tanli erkak sumkani o‘g‘irlab, restoranni tark etganini aniqlagan.
Vazirning sumkasida haydovchilik guvohnomasi, dori-darmonlar, kvartira kaliti, Milliy xavfsizlik departamentiga kirish ruxsatnomasi, kosmetichka, to‘ldirilmagan cheklar va taxminan uch ming dollar naqd pul bo‘lgan.
Departament vakilining aytishicha, Kristi Noem katta miqdorda naqd pulni oila a’zolari uchun tushlik uyushtirish va Pasxa bayrami uchun sovg‘alar xarid qilish maqsadida o‘z yonida olib yurgan.
Undan o‘g‘rilik haqida so‘rashganda, vazir ushbu voqeani tasdiqladi va hozirgacha o‘g‘rilikda gumonlanuvchi topilmaganini ma’lum qildi.
Kristi Noem Amerika ma’muriyatiga kelgunga qadar Janubiy Dakota shtati gubernatori, undan avval esa AQSh Kongressining Vakolatxonalar palatasi a’zosi bo‘lgan. Ichki xavfsizlik vaziri sifatida u milliy xavfsizlikka mas’ul bo‘lgan bo‘limni boshqaradi. Uning faoliyat sohasiga chegara nazorati va migratsiya, terrorizmdan himoya va kiberxavfsizlik masalalari kiradi.
Mavzuga oid

13:15
Trampning Ukraina bo‘yicha rejasi ba’zi shartlari e’lon qilindi – OAV

13:04
Isroilning asl maqsadi, vafot etgan Rim papasi va Ukraina urushidan charchagan AQSh - kun dayjesti

12:18
Tramp Markaziy bank rahbarini tanqid qilgach, AQSh fond bozori quladi

12:04