2025 yil birinchi choragida 4,7 ming kishi ozodlikdan mahrum qilindi
Yanvar–mart oylarida O‘zbekiston bo‘ylab jinoyat sudlarida qariyb 20 mingga yaqin ish ko‘rilgan bo‘lib, ularda 15 369 nafar shaxs sudlangan. Oqlanganlar esa 108 nafarni tashkil qilmoqda. Oliy sudga ko‘ra, ushbu davrda eng ko‘p – firibgarlik, transportdan foydalanish qoidalarini buzish, o‘g‘rilik va giyohvandlikka doir jinoyat ishlari ko‘rilgan.

Foto: Oliy sud
Oliy sud 2025 yilning I choragi davomida O‘zbekistondagi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan ko‘rilgan ishlar yuzasidan statistikani taqdim qildi. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu muddatda 19 ming 646 nafar shaxsga nisbatan 15 ming 681 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan, 108 nafar shaxs oqlanib, reabilitatsiya qilindi.
Sudlangan shaxslar soni 15 369 nafarni tashkil etib, shundan 4 764 nafar shaxsga ozodlikdan mahrum qilish va 10 319 nafariga boshqa turdagi jazolar tayinlandi, 286 nafar shaxs shartli hukm qilindi. Sudlangan shaxslarning 13 611 nafari erkak, 1 708 nafari ayol, 6 066 nafari yoshlar (shu jumladan 702 nafari voyaga yetmagan) va 601 nafari 60 yoshdan oshgan shaxslar.
2 042 nafar shaxs ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlanishi munosabati bilan sud zalida qamoqdan ozod qilindi. Shuningdek, 8 181 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi, 2 746 nafariga tayinlangan jazosi yengili bilan almashtirildi.
3 765 nafar shaxsga nisbatan dastlabki tergov organlari tomonidan asossiz ravishda qo‘yilgan moddalar ayblovdan chiqarib tashlandi yoki qayta malakalandi. 27 nafar shaxsga kafolat xatlari asosida ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlangan.
Hisobot davrida ko‘rilgan jinoiy ishlarning aksariyatini:
- firibgarlik;
- transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish;
- o‘g‘rilik;
- giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyatlar;
- o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish;
- hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish;
- bezorilik;
- qasddan badanga yengil shikast yetkazish;
- qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish kabi jinoyatlar tashkil etadi.
Shuningdek, yarashuv institutining qo‘llanishi natijasida 3 429 nafar shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod etildi.
Apellyatsiya tartibida 2 706 nafar shaxsga nisbatan 2 064 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. 92 nafar shaxsga nisbatan birinchi instansiya sudlari tomonidan chiqarilgan qarorlar bekor qilinib, 825 nafar shaxsga nisbatan chiqarilgan sud qarorlari o‘zgartirildi.
Kassatsiya tartibida 1 523 nafar shaxsga nisbatan 1 330 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. 115 nafar shaxsga nisbatan birinchi instansiya sudlari tomonidan chiqarilgan qarorlar bekor qilinib, 475 nafar shaxsga nisbatan chiqarilgan sud qarorlari o‘zgartirildi.
Taftish tartibida 1 598 nafar shaxsga nisbatan 1 360 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. 46 nafar shaxsga nisbatan quyi instansiya sudlari tomonidan chiqarilgan qarorlar bekor qilinib, 268 nafar shaxsga nisbatan chiqarilgan sud qarorlari o‘zgartirildi.
Oliy sudning Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan taftish tartibida 286 nafar shaxsga nisbatan 240 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. 58 nafar shaxsga nisbatan quyi sudlar tomonidan chiqarilgan qarorlar bekor qilinib, 87 nafar shaxsga nisbatan chiqarilgan sud qarorlari o‘zgartirildi.
Mavzuga oid

20:44 / 27.02.2025
Prezident sud binolarini ko‘paytirish, odamlar uchun sharoit yaratishni buyurdi

21:14 / 24.02.2025
Qobil Do‘sov yana bir jinoyat ishida aybdor deb topildi

18:31 / 04.02.2025
2024 yilda hokimlarning mingga yaqin qarori haqiqiy emas deb topildi

20:03 / 30.01.2025