Reuters: Rossiya harbiy ta’minot uchun AQSh firmasidan foydalanmoqchi
Rossiya hukumati avvalroq AQSh fuqarosi Leonid Smirnovga tegishli bo‘lgan konserva ishlab chiqaruvchi "Glavprodukt" kompaniyasidan Rossiya armiyasi va Rosgvardiya ta’minoti uchun foydalanishni rejalashtirmoqda, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Foto: AP Photo/picture alliance
Rossiya hukumati Rossiya armiyasi va Rosgvardiyani oziq-ovqat bilan ta’minlash uchun Federal mulkni boshqarish agentligi nazoratiga o‘tgan va avvalroq AQSh fuqarosi Leonid Smirnovga tegishli bo‘lgan «Glavprodukt» kompaniyasidan foydalanishni rejalashtirmoqda. Bu haqda 17 aprel, payshanba kuni Reuters agentligi Rossiya bosh prokurorining kompaniyaning yangi rahbariyatiga yo‘llagan maktubiga tayanib xabar berdi.
"Glavprodukt" — 2024 yil oktyabr oyida Rossiyada milliylashtirilgan konserva ishlab chiqaruvchisi. Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, u Rossiya hukumati nazoratiga o‘tgan Amerikaga tegishli yagona kompaniya. Mualliflarning fikricha, undan Rossiya qurolli kuchlari va Rosgvardiyani oziq-ovqat bilan ta’minlashda foydalanish Rossiya va AQSh o‘rtasidagi yaqinda iliqlashgan munosabatlarga putur yetkazishi mumkin.
AQSh davlat kotibi Marko Rubioning so‘zlariga ko‘ra, "Glavprodukt" atrofidagi vaziyat Moskva va Vashington o‘rtasidagi munosabatlarni tiklash bo‘yicha muzokaralarning bir qismiga aylanadi, deya xabar beradi nashr.
Forbes internet nashri ta’kidlaganidek, Leonid Smirnov 1970 yillarda AQShga ko‘chib ketgan. 1995 yilda u Rossiyaga qaytib keldi va 1999 yilda Amerikaning Universal Beverage kompaniyasi orqali konserva ishlab chiqarishni boshladi.
Mavzuga oid

22:16 / 19.04.2025
Toshkent va Moskva migratsiya jarayonlarini tartibga solish masalalarini muhokama qildi

21:06 / 19.04.2025
Rublning mustahkamlanishi Kremlning zarariga ishlashi mumkin. Qanday qilib?

19:21 / 19.04.2025
Vladimir Putin Pasxa munosabati bilan qisqa otashkesim e’lon qildi

15:22 / 19.04.2025