Ichki ishlar vaziri O‘zbekiston Voleybol federatsiyasiga rais etib saylandi
Tashkilotning navbatdan tashqari yig‘ilishida ichki ishlar vaziri general-mayor Aziz Toshpo‘latov O‘zbekiston Voleybol federatsiyasining raisi etib saylandi. Shuningdek, federatsiyaning 8 ta hududiy bo‘limlari raisligiga ushbu viloyatlar IIB boshliqlari saylandi.

Foto: O‘zbekiston Voleybol federatsiyasi
9 aprel kuni Ichki ishlar vazirligi akademiyasida O‘zbekiston Voleybol federatsiyasining navbatdan tashqari konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Ichki ishlar vazirligi, Sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbariyati, hududiy ichki ishlar organlari mas’ullari, Voleybol federatsiya mutasaddilari qatnashdi.
IIV matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, yig‘ilishda Ichki ishlar vaziri, general mayor Aziz Toshpo‘latov nomzodi O‘zbekiston Voleybol federatsiyasi raisi lavozimiga taklif etilgan. Vazir nomzodi konferensiya ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan ma’qullanib, federatsiya raisi etib saylangan.
Shuningdek, Voleybol federatsiyasining Andijon, Buxoro, Namangan, Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahar hududiy bo‘limlari raisligiga ushbu viloyatlar IIB boshliqlari va Toshkent shahar IIBB boshlig‘i bir ovozdan saylandi.
Tadbir davomida «Besh tashabbus olimpiadasi» doirasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan voleybol sporti bo‘yicha «Ichki ishlar vaziri kubogi» musobaqalariga ham start berildi.
2023 yil 18 fevral kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Voleybol federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasida o‘sha vaqtdagi ichki ishlar vaziri, general-leytenant Po‘lat Bobojonov federatsiya raisi etib saylangan edi.
Mavzuga oid

20:57 / 14.03.2024
Voleybol. Toshkent shahar IIBB boshlig‘i kubogi g‘olib va sovrindorlari ma’lum bo‘ldi

07:29 / 24.09.2022
O‘zbekiston milliy karate federatsiyasiga yangi rahbar saylandi

14:17 / 25.07.2022
Suzish federatsiyasida 1 mlrd so‘m talon-toroj qilingan

20:18 / 20.09.2021