Xominaiy: Eron qo‘shinlari jangovar shay holatda
Eron oliy rahbari mamlakat armiyasini shay holatga keltirdi va qo‘shni davlatlarni AQSh ehtimoliy hujumini qo‘llab-quvvatlash oqibatlaridan ogohlantirdi. Ayni paytda Tehron bilvosita muzokaralarga tayyor.

Foto: WANA/Handout via REUTERS
Eron oliy rahbari oyatulloh Ali Xominaiy Qo‘shma Shtatlar tomonidan hujum bo‘yicha xavotirlar fonida mamlakat qurolli kuchlarini jangovar shay holatga keltirdi, deya ma’lum qildi Reuters agentligiga eronlik yuqori lavozimli amaldor 6 aprel, yakshanba kuni.
Agentlik manbasiga ko‘ra, Eron qo‘shni davlatlar – Iroq, Kuvayt, Qatar, BAA, Turkiya va Bahraynga maktub yo‘llab, AQShning hujumini har qanday qo‘llab-quvvatlash, jumladan, AQSh harbiy kuchlariga havo hududini bo‘shatib berish Tehronga nisbatan dushmanlik harakati sifatida baholanishi va «jiddiy oqibatlarga olib kelishi» haqida ogohlantirgan.
Shu bilan birga, avvalroq AQSh prezidenti Donald Trampning to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish haqidagi talabini rad etgan Xomanaiy raqib davlatlar o‘rtasidagi uzoq yillik aloqa kanali bo‘lgan Ummon orqali bilvosita muzokaralarni davom ettirmoqchi, dedi Reuters agentligiga eronlik rasmiy. Bunday muzokaralar yaqin kelajakda boshlanishi mumkin, agar Qo‘shma Shtatlar ularni qo‘llab-quvvatlasa, deya qo‘shimcha qildi u.
«Biz Eronga qarshi qattiq sanksiyalarni bekor qilish evaziga ishonchni mustahkamlash mantig‘iga asoslanib, yadroviy dasturimiz va sanksiyalarni bekor qilish bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlashga tayyormiz», dedi mamlakat tashqi ishlar vaziri Abbos Araqchi va Eron «milliy manfaatlari va suverenitetini himoya qilishda qat’iy» ekanini qo‘shimcha qildi. Eron prezidenti Mas’ud Pizishkiyon avvalroq Tehron «teng shartlarda, tahdidlarsiz suhbat o‘tkazilishini» istashini aytgan edi.
Mavzuga oid

21:53 / 15.04.2025
Eronning yadro dasturi: Tramp nega o‘zi barbod qilgan bitimni tiklamoqchi?

17:26 / 15.04.2025
The Guardian: AQSh Eronga uran zaxirasini Rossiyaga topshirishni taklif qildi

12:30 / 15.04.2025
Eron tashqi ishlar vaziri Arag‘chi Moskvaga tashrif buyuradi

16:43 / 13.04.2025